Har bir inson yoshidan qat’iy nazar, hayotida bir marta bo‘lsa ham soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Bunga gormonlar, metabolik kasalliklar, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, sochni bo‘yash va parvarish qilmaslik sabab bo‘ladi. Quyida eng ko‘p uchraydigan va kundalik hayotda biz e’tiborga olmaydigan soch uchun zararli odatlar bilan tanishamiz.
Kuchli parhez
Vazn tashlash uchun birdaniga kuchli parhez boshlash organizm faoliyati uchun kaloriya va muhim mikroelementlar yetishmasligiga, buning natijasida soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi.
Oqsil tanqisligi
Yangi soch follikulalarini hosil qilish uchun organizm keratin nomli oqsil ishlab chiqaradi. Oqsilli oziq-ovqatlarni kam iste’mol qilish tabiiy ravishda soch to‘kilishiga olib keladi.
Shakar
Biz iste’mol qiladigan qayta ishlangan shakarning zarari juda ko‘p, xususan, shakar soch va tirnoqlar sinishi va yomonlashuviga olib keladi. Mutaxassislar gipoglikemik indeksi yuqori bo‘lgan mahsulotlar — shakar, makaron, quyultirilgan sut, ananasdan o‘zni tiyishni tavsiya qiladi.
Nonushta qilmaslik
Ertalabki nonushtaga oqilona yondashish orqali kun davomida bardam va tetik yura olish imkonimiz oshadi. Nonushtani o‘tkazib yuboradigan insonlarda teri va soch holati yaxshi bo‘lmaydi. Diyetologlarning aytishicha, nonushta qilmaslik bilan alkogol iste’mol qilishning organizmga ta’siri juda o‘xshash va birdek zararlidir. Shuningdek, ertalab ovqatlanmaslik terining rangi oqarishi yoki sarg‘ayishiga olib keladi. Nonushta qilmaydigan odamlar ko‘pincha kamqonlikdan aziyat chekadi.
Foto: Getty Images
Olimlarning ta’kidlashicha, ertalabki nonushtani rad etish taraqqiy etgan mamlakatlarda global semirishning asosiy sababidir. Nonushta qilmaydiganlar yiliga 3-5 kilogrammgacha vazn orttiradi va 35-50 yoshga borib ularda semizlik bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘ladi.
Agar siz nonushta qilishga odatlanmagan va endi boshlashga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, u holda yengil tamaddidan boshlang, kaloriyalar sonini asta sekin oshirib boring. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi