Foto: Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi O‘zbekistonda taqiqlangan, biroq internet orqali onlayn sotilayotgan ozish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, quyidagi mahsulotlarni realizatsiya qilish va saqlash taqiqlangan:
- “Reborn Ultimate”
- “Lipotrim Ultra”
- “Seksualnaya figura”
- “Al-Sheikh”
- “Fatzorb”
- “Fatzorb Ultra”
- “Fatzorb Plus”
- “Spirulina”
- “Arabic”
- “Reduksin Layt”
- “Kod S”
- “Shafran diet”
- “Gold Puma”
- “Blokator jira”
- “Hot pepper”
- “Fermentaiz”
- “Lipoksin dlya poxudeniya”
- “Kuaymiy Extra”
- “Slim ultra” (Samyun Wan)
O‘zbekiston hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
Mazkur modda hukumat qarori bilan tasdiqlangan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, tarkibida sibutramin moddasi mavjud bo‘lgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi barcha fuqarolar va dorixona xodimlarini ogohlikka chaqirib, kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchilikda jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi