00:16 / 02.04.2024
56

Bir stakan suv bosh og‘rig‘ini qoldirishi rostmi?

Bir stakan suv bosh og‘rig‘ini qoldirishi rostmi?
Foto: Dzen
Doimiy bosh og‘rig‘i yetarli miqdorda suv ichmaslikdan kelib chiqishi mumkinmi? Bir stakan toza suv bosh og‘rig‘idan xalos etadimi? Shu va bosh og‘rig‘i bo‘yicha boshqa savollarga quyidagi maqolada javob olamiz.

Tez-tez bosh og‘rig‘i kuzatilishi tibbiy tekshiruvni talab etadi, chunki bunga yuzlab turdagi kasalliklar sabab bo‘ladi. Quyidagi vaziyatlarda esa tez yordamga zudlik bilan murojaat qilish zarur:

Bosh miyasi va uning atrofi lat yegandan so‘ng birdan og‘riq paydo bo‘lsa, jumladan,
  • Nutq va xotirada muammolar yuzaga kelganda;
  • Uyquchanlik va yuqori harorat kuzatilganda;
  • Ko‘zlarda qizarish yoki ko‘rish qobiliyati susayganda.

Yuqoridagi hayot uchun xavfli alomatlarda hech qanday suv yordam bermaydi.

Organizmga suv yetishmasa, bosh og‘rishi mumkinmi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham, Xalqaro bosh og‘rig‘i jamiyati (International headache society) ham suvsizlanishni bosh og‘rig‘ining alohida sababi sifatida tasniflamaydi.

Ba’zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kam suv ichish turli diskomfortlarga olib kelishi mumkin, ammo bu muammo fanda yaxshi o‘rganib chiqilmagan.

Suv bosh og‘rig‘ini qoldiradimi?

Foto: Getty Images
Tez-tez bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladigan insonlar orasida tajriba o‘tkazildi. Unda insonlar ikki guruhga bo‘lindi: birinchi guruhdagilar odatdagi tartibda suv ichgan bo‘lsa, ikkinchi guruhdagilar kunlik suv ichish miqdorini 1,5 litrga ko‘paytirdi.

Uch oydan so‘ng ko‘proq suv ichgan guruh ishtirokchilarining 47 foizida bosh og‘rig‘ining intensivligi oz miqdorda kamaydi, ammo og‘riqning davomiyligi va chastotasida hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmadi.

Bosh og‘rig‘ida suvdan tashqari yana nimalar yordam beradi?
  • Regidradatsiya eritmasi (tarkibida foydali tuz va minerallar bo‘ladi); Dam olish;
  • Dam olish;
  • Quyoshdan panaga o‘tish, salqin joyda qolish;
  • Retseptsiz beriladigan og‘riq qoldiruvchi dorilar (ibuprofen);
  • Peshonaga sovuq nam sochiq yoki muz xaltasi qo‘yish.

Quyidagi holatlar kuzatilganda shifokor terapevt qabuliga yozilish tavsiya etiladi:
  • Bosh og‘rig‘iga qarshi dorilarni ko‘p miqdorda ichsangiz ham, og‘riq qolmasa;
  • Og‘riq bosh miya old va yon qismlarida yurak urishi kabi namoyon bo‘lsa;
  • Bosh og‘rig‘i ko‘ngil aynishi va qusish bilan birga kelsa;
  • Quyosh va boshqa yorug‘likka qarash murakkab bo‘lsa.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bir stakan suv bosh og‘rig‘ini qoldirishi rostmi?