Balandlikka ko‘tarilayotganda, samolyotda uchganda yoki metroga tushganda to‘satdan quloqlar bitib qolishiga duch kelgandirsiz? Atrof-muhitdagi bosim tufayli quloq bitishi tabiiy holat va davolanishni talab etmaydi. Biroq ba’zi insonlarda quloq hech qanday tashqi ta’sirsiz bitib turadi va bu holat bosh og‘rig‘i bilan kechadi. Quyida buning sabablarini ko‘rib chiqamiz.
Quloq bitishi va boshdagi og‘riqlar ko‘pincha qon bosimining oshganida ro‘y beradi. Gipertoniyadan tashqari sabablar:
- kuchli O‘RVI paytida burun bo‘shlig‘i yoki eshitish naychasida yallig‘lanish paydo bo‘lishi (otit, rinit). Kasallik yuqori harorat, tomoq og‘rig‘i va tanada turli og‘riqlar bilan kechadi;
- yuqori nafas yo‘llarining bakterial infeksiyasi;
- suzish va cho‘milgandan keyin quloqlarga suv kirishi. Suv sizib chiqib ketishi uchun boshingizni yerga parallel ravishda egib, bir oz sakrashingiz kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, shifokorga murojaat etish kerak. Aks holda asoratlar qolishi mumkin.
Shamollash tufayli quloqlar bitishi va bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lish uchun birinchi navbatda O‘RVIning o‘zini davolash kerak. Agar kasallik o‘tib ketgan bo‘lsa-yu, noqulay alomatlar qolgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Kuchli O‘RVIdan qolgan asoratlar alohida davolanadi.
Foto: Thesun.ie
Bosh og‘rig‘i va quloq bitishining eng keng tarqalgan sababi — gipertoniya. Qon bosimining to‘satdan ko‘tarilishi xavfli bo‘lib, hatto insultga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun agar yoshi katta insonning quloqlari to‘satdan bitib qolsa, boshi qattiq og‘risa, yurak juda tez ursa, ko‘z atrofi qorong‘ilashsa va bosh aylansa, zudlik bilan tez yordam shifokorini chaqirish kerak.
Agar siz gipertonik bo‘lsangiz va qon bosimining oshishi siz uchun odatiy hol bo‘lsa, quloqlaringiz bitishi dorilaringizni ichish va dam olish vaqtingiz kelganini anglatadi.
Kuchli charchoq va stress ham bosh og‘rig‘i va quloq bitishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda dam olish va to‘g‘ri ovqatlanishga rioya etish kifoya.
Shuningdek, kuchli bosh og‘rig‘iga menopauza, vegetativ qon tomirlari kasalliklari, buyrak yetishmasligi, buyrakdagi toshlar va nefrit kabi kasalliklar sabab bo‘ladi. Bunday tashxisni mustaqil ravishda qo‘yishning imkoni yo‘q. Shifokor, albatta, turli analizlar asosidagina tegishli davolash choralarini ko‘rishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi