“Quyoshli vitamin” organizmda ko‘plab muhim fiziologik funksiyalarni bajaradi: qondagi kalsiy miqdorini kerakli darajada ushlab turadi, raxit kasalligining oldini oladi, suyaklar, tishlar va tirnoqlarni mustahkamlaydi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan D vitaminini o‘z ichiga olgan mahsulotlar va qo‘shimchalarni iste’mol qilish lozim.
Foto: Alamy
Shifokorlar suyak va mushaklar salomatligi va mustahkamligini saqlash uchun kuniga 10 mikrogramm D vitamini qabul qilishni tavsiya etadi. U yog‘li baliq, baliq jigari, qizil go‘sht, don mahsulotlari, tuxum sarig‘i va qo‘ziqorin va boshqa mahsulotlarda mavjud.
Yoz oylarida quyosh nuri orqali D vitaminini qabul qila olamiz. Oktyabrdan mart oyining boshigacha bo‘lgan davrda shifokorlar D vitaminini alohida oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida qabul qilishni tavsiya etadi.
Ammo har qanday vitamin va biologik faol qo‘shimchalarni belgilangan dozadan ortiq iste’mol qilish intoksikatsiyaga olib kelishi mumkin. Organizmda D vitamini miqdori oshib ketganini bildiruvchi bir nechta belgilar mavjud.
Foto: Alamy
Organizmda to‘plangan haddan ortiq D vitamini suyaklarni zaiflashtiradi, yurak va buyraklarga shikast yetkazadi. D vitaminining haddan ortiq to‘planishi D gipervitaminozi deb ataladi. Bu kasallik kam uchraydigan, ammo jiddiy patologiyadir. Uning natijasida buyraklarda toshlar paydo bo‘lishi mumkin.
D vitamin ko‘payib ketishi buyraklarga birinchi o‘rinda ta’sir qiladi va tez-tez hojatga borish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Shuningdek, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riqlar, zaiflik va eng yomoni suvsizlanish kabilar intoksikatsiya alomatlari sanaladi. Bularning barchasi jiddiy simptomlar bo‘lib, ularni beye’tibor qoldirish jiddiy asoratlarga olib keladi. Patologiyani o‘z vaqtida aniqlash va tibbiy yordam ko‘rsatish orqali jiddiy kasalliklarning oldini olish mumkin, deyiladi AQSH Sog‘liqni saqlash milliy instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot materiallarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi