Metabolizm — bu moddalar almashinuvi bo‘lib, hujayralarda sodir bo‘ladigan fermentativ reaksiyalar yig‘indisi sanaladi. Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalar va energiya hosil bo‘ladi. Shuning uchun inson organizmi doimiy ravishda energiya va hayotiylikni qo‘llab-quvvatlaydigan ozuqa moddalariga muhtoj. Metabolizm faol bo‘lmaganda, nima qilish kerak? Albatta, ushbu muammoning yechimi uni tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlarni iste’mol qilish va sport bilan shug‘ullanishdir.
Rezavor mevalar
Foto: Shutterstock
Rezavorlar nafaqat mazali, balki foydali o‘simliklar hamdir. Ular antioksidant va o‘simlik tolalariga boy. Rezavor mevalar yosharish va ovqat hazm qilish tizimi uchun javobgardir. Ularning afzalligi shundaki, rezavorlardan ko‘plab mazali shirinlik va ichimliklar tayyorlanishi mumkin.
Avokado
Foto: Shutterstock
Avokado ko‘pchilik o‘ylaganidek, sabzavot emas, balki biologlar nuqtayi nazaridan meva hisoblanadi. Avokado inson uchun muhim bo‘lgan to‘qqizta aminokislotalarni o‘z ichiga oladi. Yetilib pishgan avokadoni topish qiyin, shuning uchun sotib olgach, mevani xona haroratida pishishga qo‘yish kerak. Bir hafta davomida u pishib, yumshoq va nihoyatda mazali bo‘ladi.
Losos balig‘i
Foto: Shutterstock
Losos nafaqat metabolizmni, balki teri holatini ham yaxshilaydi. Bundan tashqari, u omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi, ular yurakni yosh va sog‘lom saqlashga yordam beradi.
Ismaloq
Foto: Shutterstock
Ismaloq tarkibida B guruh vitaminlari ko‘p bo‘lib, ular nafaqat metabolizmni, balki mushaklar faoliyatini ham oshiradi va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Uning tarkibidagi tabiiy o‘simlik tolalari ovqat hazm qilishda faol ishtirok etadi.
Mol go‘shti
Foto: Shutterstock
Yuqori oqsilli mahsulotlarni iste’mol qilish, masalan steyk taomi metabolizmni kuchaytirishning eng yaxshi usullaridan biridir. Lekin issiqda bunday mahsulotlar bilan ehtiyot bo‘lish lozim. Ular metabolizmni tezlashtirishi bilan organizmni qizitib yuborishi mumkin.
Qalampir
Foto: Shutterstock
Qalampirning foydali funksiyalarini hamma biladi. U nafaqat metabolizmni kuchaytiradi, balki ishtahani ham bo‘g‘adi, issiqda salqinlashga yordam beradi. Ammo bu mahsulot bilan ehtiyot bo‘lish kerak, u osongina gastritga sabab bo‘lishi mumkin.
Sarsabil
Foto: Shutterstock
Ushbu mahsulot sabzavot va manzarali ekin bo‘lib, O‘zbekiston tabiatida uning ikki turi uchraydi. Sarsabil rekord miqdordagi foliy kislotasini o‘z ichiga oladi va bundan tashqari, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi, antioksidant xususiyatlarga ega va hatto asab tizimiga ta’sir qiladi. Ushbu o‘simlik moddalar almashinuvini kuchaytirib, depressiv holatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Tuxum
Foto: Shutterstock
G‘arb mutaxassislari ortiqcha vaznli ayollar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi. Qizlar ikki oy davomida nonushtada ikkita qaynatilgan tuxum iste’mol qildi. Tadqiqotlar natijasida ishtirokchilarning 83 foizi qorin sohasidagi yog‘larni yo‘qotdi.
Darvoqe, metabolizmda nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki kun davomida ichilgan suyuqlik miqdori ham muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom inson kun davomida taxminan ikki litr suyuqlik ichishi kerak. Shuningdek, organizmda mushaklar qancha ko‘p bo‘lsa, metabolizm shunchalik tezlashadi. Shirinliklardan voz kechish va yetarlicha uxlashni unutmaslik lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi