Foto: Lifehacker
Kalsiy organizm uchun muhim minerallardan biridir: u tish, suyaklar, mushaklar va nervlar salomatligi uchun muhim hisoblanadi. Shuningdek, kalsiy suyaklar yallig‘lanishidan ham himoya qiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kalsiy yetishmasligi natijasida tana suyaklardagi zaxiralarini yo‘qotadi. Ushbu mineral yetishmasligining turli sabablari mavjud. Tartibsiz ovqatlanish, ba’zi dori-darmonlar, gormonal muammolar, ko‘p miqdorda qahva iste’mol qilish, D vitamini yetishmasligi, jismoniy nofaollik, buyrak kasalligi yoki qalqonsimon bez kasalliklari ham kalsiy yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Kalsiy yetishmovchiligi turli alomatlarda o‘zini namoyon qilishi mumkin:
- tomir tortishishi;
- qo‘l va oyoqlardagi sanchiqlar;
- tishdagi muammolar;
- charchoq;
- diqqatni jamlash bilan qiyinchilik;
- osteoporoz;
- soch to‘kilishi yoki tirnoqlarning mo‘rtlashishi.
Noxush oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kalsiyga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish muhimdir. Bularga pishloq, yogurt, sut va sut mahsulotlari, brokkoli, karam, rukkola yoki ismaloq kabi yashil sabzavotlar va maydanoz yoki arpabodiyon kabilar, dukkaklilar yoki giyohlar kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi