12:37 / 30.07.2024
95

Moddalar almashinuvini tezlashtiruvchi foydali tonggi odatlar

Moddalar almashinuvini tezlashtiruvchi foydali tonggi odatlar
Metabolizmni tezlashtirib, har kuni 200-500 kaloriya yo‘qotishni istasangiz, har tongda ushbu tavsiyalarni amalda sinab ko‘ring, natijada bir hafta ichida sezilarli o‘zgarishlarning guvohi bo‘lasiz.

Ochiq havoda badantarbiya

Foto: Shutterstock
Tongda toza havoda mashq qilish nafaqat energiyani oshiradi va uyg‘otadi, balki metabolizmni ishga tushirish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi. Aynan ertalabki mashqlar moddalar almashinuvini tezlashtiradi va kun davomida tanadagi yog‘larni energiyaga aylantiradi. Ayniqsa, toza havoda va quyosh nuri ostida badantarbiya qilish yaxshi natija beradi.

Jismoniy harakatlar miqdorini oshirish

Foto: “Rutube.ru”
Kun davomida organizm odatdagidan 200 kaloriya ko‘proq energiyadan xalos bo‘lishi uchun ertalabki mashqlarga 2,5 daqiqa intensiv jismoniy faollikni qo‘shing. Masalan, 3 daqiqa yuqori tezlikda qisqa masofaga yugurish, o‘tirib-turish, arqonda sakrash kabi mashqlar metabolizm ishini rag‘batlantiradi.

To‘g‘ri nonushta

Foto: iStock
Uyqudan turgandan keyin 40 daqiqa ichida kechiktirmasdan nonushta qilish lozim. Nonushta to‘yimli va oqsilga boy bo‘lishi muhim. Masalan, suli yormasi, tvorog, sabzavotlar va mevalar kunni boshlash uchun ideal mahsulotdir. Shuningdek, tongda energiya beradigan bir finjon qahva ichish zarar qilmaydi.

Kuchli jismoniy faoliyat

Foto: “Noviy ochag”
Haftada atigi 10 daqiqa davomida kuchli jismoniy mashqlarni bajarish metabolizm soat mexanizmi kabi ishlashi uchun yetarlidir. Mushaklar ishlashi orqali ko‘proq kaloriya sarflanadi, bu esa metabolizmning yanada faollashishiga olib keladi.

Ko‘proq mevalar iste’mol qilish

Antioksidantlarga boy bo‘lgan meva va rezavorlar ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Ular hatto buzilgan moddalar almashinuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi.

Ko‘pchilik 30 yoshdan keyin ortiqcha vazn to‘play boshlaydi. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan vaqtda metabolizm barcha sog‘lom ayol va erkaklarda deyarli o‘zgarmaydi. Faqat 60 yoshdan keyingina u yiliga atigi 1 foizga kamayib boradi.

Aslida metabolizm yomonlashishiga vaqt o‘tgani sayin insonlar kamharakat bo‘lishi va passiv kun tartibiga o‘tib qolishi sababchidir. Demak, metabolizm sekinlashishiga inson yoshi emas, balki gormonal o‘zgarishlar, turli kasalliklar, vitamin va minerallar yetishmasligi, o‘ta ozib ketish kabilar turtki bo‘ladi.

Sekinlashgan metabolizmni uning avvalgi darajasiga qaytarish uchun, birinchi navbatda, sog‘lom turmush tarziga rioya etish: to‘g‘ri ovqatlanish, uyquga to‘yish va sport bilan shug‘ullanish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Moddalar almashinuvini tezlashtiruvchi foydali tonggi odatlar