11:32 / 05.09.2024
111

Salomatlik va yoshlikni saqlash uchun ikki mahsulotdan voz keching

Salomatlik va yoshlikni saqlash uchun ikki mahsulotdan voz keching
Foto: Kp.ru
Calomatlik va yoshlikni saqlashda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati katta. Neyrobiolog Robert Lavning aytishicha, buning uchun ayrim yaxshi ko‘rgan taomlarimizdan voz kechishimizga to‘g‘ri keladi.

Kartoshka fri va hot-doglardan imkon qadar uzoqlashing, dedi mutaxassis. Uning tushuntirishicha, bu taomlarga tuz ko‘p qo‘shiladi, tuz esa terining namini qochirib, uning erta qarishiga olib keladi.

Juda yuqori haroratli yog‘da qovurilgani uchun kartoshka frida oqsillar shakar molekulalari bilan birikib, zararli hosilalar paydo bo‘ladi, oqibatda diabet, yurak-qon tomir va jigar kasalliklari paydo bo‘lishi ehtimoli oshadi.

Hot-dog va boshqa go‘shtli yarimfabrikatlar tarkibi sulfitlar va ko‘plab to‘yingan yog‘larga boy, ular terini erta qaritishi, ko‘p kasalliklarni, jumladan, ichaklarda saratonni keltirib chiqarishi mumkin, deb ogohlantirdi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Salomatlik va yoshlikni saqlash uchun ikki mahsulotdan voz keching