Bosh og‘rig‘i bugungi kunda deyarli barcha zamonaviy insonlarning kundalik hayotida uchraydi. Buning sababi nafaqat doimiy stress va ob-havoning keskin o‘zgarishi, balki og‘iz bo‘shlig‘idagi kasalliklar tufayli ham bo‘lishi mumkin.
Foto: Shutterstock
Bosh og‘rig‘i muammosining ildizi ba’zan biz kutmagan yerda yashiringan bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bosh og‘rig‘i 60% holatlarda og‘iz bo‘shlig‘idagi muammolar tufayli yuzaga keladi. Ularga tish va uning emalidagi muammolar, chakka va pastki jag‘ bo‘g‘imlari disfunksiyasi, noto‘g‘ri tishlam (prikus) va boshqalar kiradi. Ushbu kasalliklarning bari o‘z vaqtida davolanganda hech qanday jiddiy asoratlar olib kelmaydi va bosh og‘rig‘i tez orada qoladi.
Kariyes
Kariyes — og‘iz bo‘shlig‘ining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri. Kariyes paydo bo‘lganda avvalo tish emali shikastlanadi, agar davolanmasa, u dentin — tishning qattiq to‘qimalarini shikastlaydi.
Kariyesni vaqtida davolamaslik yoki noto‘g‘ri davolash tufayli tish og‘rig‘i bilan birga bosh og‘rig‘i ham yuzaga keladi. Chunki o‘z vaqtida olib tashlanmagan zararlangan to‘qimalar atrofdagi sog‘lom hujayralarni ham yallig‘lay boshlaydi va kasallik nerv tolalargacha yetib boradi. Bosh og‘rig‘i esa bunday vaqtda eng yoqimsiz holatga aylanadi.
Noto‘g‘ri tishlam
Noto‘g‘ri tishlam tishlarning notekisligi bilan bog‘liq estetik muammo bo‘lishdan tashqari tishlar va butun tana salomatligiga ta’sir qiluvchi omildir. Agar ortodontga murojaat qilinmasa, pastki jag‘, og‘iz mushaklari va bo‘g‘imlarida og‘riqlar paydo bo‘la boshlaydi. Bu esa umurtqa pog‘onasi va butun tayanch-harakat tizimiga zarar yetkazadi.
Og‘izni ochib-yopish vaqtida qirsillagan tovush chiqsa, ovqatni chaynash yoki yutish qiyin bo‘lsa, ortodontga tashrifni kechiktirmaslik lozim. Shuningdek, tishlaringiz tekis bo‘lsa-da, lekin yaqinda biror tishni oldirgan bo‘lsangiz va implant o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rsangiz, buni o‘z vaqtida bajarish kerak. Aks holda qolgan tishlar o‘rnidan siljiy boshlaydi va ortodontga ko‘rinishga to‘g‘ri keladi.
O‘simtalar
O‘simta deganda vaqtida davolanmagan karies yoki protezlash paytida infeksiya tufayli tish ildizi yaqinida paydo bo‘lgan kistalar tushuniladi. Buning xavfli tomoni shundaki, kista hech qanday tashqi belgi bermasligi mumkin, uni davolamaslik esa bosh og‘rig‘idan ham jiddiyroq xavf tug‘diradi.
Kista nerv tolalariga yaqin joylashadi va u yorilib ketsa, undagi barcha zararli moddalar qon oqimiga o‘tadi. Shuning uchun kista aniqlangandan keyin uni darhol olib tashlash juda muhimdir.
Milk kasalliklari
Foto: Shutterstock
Milklardagi og‘riqlarning sababi tish atrofidagi to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni kechayotganidadir. Kasallikning dastlabki bosqichi gingivit deb ataladi, keyin esa parodontit vujudga keladi. Milklardagi og‘riq tishdagi kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘riqning ildizi bosh miya nerv tolalarigacha yetib boradi. Shu sababli vaqtida davolanmagan milklar ham surunkali bosh og‘rig‘i sababi bo‘lishi mumkin.
Bruksizm
Tishlarni g‘ijirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Bu organizm o‘zi idrok etmagan holda jag‘larni qisish va tishlarni g‘ijirlatish odatidir. Bruksizm inson uxlayotganda yoki muhim bir ishga diqqatini jalb qilgan paytida kuzatiladi. Bu hodisa tishlarning yemirilishi va shikastlanishiga olib keladi va bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi.
Aql tishining chiqishi
Aql tishining yorib chiqishi ko‘pincha qattiq og‘riq va yallig‘lanish bilan kechib, uzoq vaqt davom etadi va etni yorib chiqa olmasa, og‘iz bo‘shlig‘ida noto‘g‘ri yo‘nalish tanlaydi. Ayniqsa, tishlar egri bo‘lsa, og‘riq bosh miyaga va quloqqacha yetib boradi. Bu tish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda stomatolog-jarroh yordami kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi