20:30 / 25.09.2024
27

Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: Mobil angiograf xizmati Toshkent viloyatida o‘tkazildi

Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: Mobil angiograf xizmati Toshkent viloyatida o‘tkazildi
Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov boshchiligida Milliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari tomonidan mobil angiograf xizmati orqali Toshkent viloyatining turli shahar va tumanlarida keng ko‘lamli yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha samarali ishlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, bu jarayonda yurak kasalliklarini aniqlash va davolash, KAG (koronar angiografiya), stent qo‘yish va ochiq jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

Amaliyotlar quyidagi hududlarda o‘tkazildi:

Angren shahri
• Umumiy KAG soni: 202;
• Stent qo‘yishga ko‘rsatma: 44 ta;
• Qon tomirlarining 50% gacha zararlanishi: 47 ta holat;
• Ochiq operatsiyaga (AKSH) ko‘rsatma: 18 ta;
• Toza KAG (anomal holat aniqlanmagan): 93 ta.

Olmaliq shahri
• Umumiy KAG soni: 350;
• Stent qo‘yishga ko‘rsatma: 68 ta;
• Qon tomirlarining 50% gacha zararlanishi: 78 ta holat;
• Ochiq operatsiyaga (AKSH) ko‘rsatma: 27 ta;
• Toza KAG: 177 ta.

Olmaliq AGMK
• Umumiy KAG soni: 375;
• Stent qo‘yishga ko‘rsatma: 75 ta;
• Qon tomirlarining 50% gacha zararlanishi: 76 ta holat;
• Ochiq operatsiyaga (AKSH) ko‘rsatma: 25 ta;
• Toza KAG: 199 ta.

Toshkent viloyati o‘tkazilgan 927 ta KAG amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi va quyidagi natijalar qayd etildi:

• Stent qo‘yishga ko‘rsatma: 187 ta holat;
• Qon tomirlarining 50% gacha zararlanishi: 201 ta holat;
• Ochiq operatsiyaga (AKSH) ko‘rsatma: 70 ta holat;
• Toza KAG (anomal holat aniqlanmagan): 469 ta.

Ta’kidlash kerakki, Milliy tibbiyot markazi malakali shifokorlari tomonidan olib borilgan mobil angiograf jarayonlari yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlashda eng samarali usullardan biridir. Ushbu xizmat bemorlarga yuqori aniqlikdagi diagnostika va tezkor davolash imkoniyatini taqdim etadi. Mobil angiografiya texnologiyasi bilan keng miqyosdagi jarrohlik amaliyotlari bemorlar sog‘lig‘ini yaxshilashga katta hissa qo‘shmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: Mobil angiograf xizmati Toshkent viloyatida o‘tkazildi