23:23 / 13.01.2025
208

Milliy tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi

Milliy tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi
Milliy tibbiyot markazida noyob rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Markazning malakali ortoped jarrohlari tomonidan qilingan amaliyot davomida chap kichik boldir suyagi (fibula) qon tomirlari bilan birga chap tirsak suyagidagi defektni toʻldirish uchun koʻchirib oʻtkazildi. Bu amaliyot Oʻzbekistonda birinchi marta oʻtkazilayotganligi bilan ahamiyatlidir.

Bemor Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi boʻlib, unga mutaxassislar tomonidan quyidagi jarrohlik ishlari bajarildi:

Fibula suyagini koʻchirish: Kichik boldir suyagi qon tomirlari bilan birga ehtiyotkorlik bilan olinib, hayotchanligi saqlab qolindi.

Tirsak suyagiga biriktirish: Fibula suyagi tirsak suyagi defekti hududiga oʻrnatilib, plastinalar va vintlar yordamida osteosintez qilindi.

Qon aylanishini tiklash: Mikroxirurgik texnika yordamida tirsak arteriyasiga anastomoz oʻrnatildi va qon aylanishi tiklandi.

Pay va mushaklarni tiklash: Bemorning tirsakning normal funktsiyasini tiklash uchun bukuvchi paylar tenonizatsiyasi bajarildi.

Bu turdagi noyob amaliyot tibbiy texnologiyalarning yuqori darajasi va Milliy tibbiyot markazidagi jarrohlarning tajribasi natijasida muvaffaqiyatli yakunlandi. Operatsiyadan soʻng bemorning sogʻligi barqaror, reabilitatsiya jarayoni boshlangan. Ushbu muvaffaqiyat Oʻzbekistonda yuqori texnologik jarrohlik rivojlanayotganidan dalolatdir.

Milliy tibbiyot markazi tibbiyot sohasida yuksak darajadagi xizmat koʻrsatishda etakchi markazlardan biri sifatida yana bir bor oʻz oʻrnini isbotladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik