Dunyoda noyob amaliyot: 61-ballon angioplastikasi Milliy tibbiyot markazida bajarildi

Dunyoda noyob amaliyot: 61-ballon angioplastikasi Milliy tibbiyot markazida bajarildi

Milliy tibbiyot markazi rentgen-endovaskulyar jarrohlari tomonidan 2005 yilda tug‘ilgan, avval talog‘i olib tashlangan bemorda yuqori kovak vena sohasida murakkab ballon angioplastikasi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

Bemorning asosiy kasalligi fonida jigar faoliyatida ham zararlanish belgilari kuzatila boshlagan. Shu sababli yuqori kovak venadagi qon oqimini tiklash va tomir torayishini bartaraf etish bemorning umumiy holatini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Dunyoda noyob amaliyot: 61-ballon angioplastikasi Milliy tibbiyot markazida bajarildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda shu turdagi 60 ta amaliyot bajarilgan bo‘lib, mazkur holat 61-amaliyot sifatida qayd etildi.

Yuqori kovak venadagi torayish yoki qon oqimining buzilishi hayotiy muhim a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, bemorda taloq olib tashlanganidan keyin jigar faoliyatida ham muammolar kuzatilgani holatni yanada murakkablashtirgan.

Dunyoda noyob amaliyot: 61-ballon angioplastikasi Milliy tibbiyot markazida bajarildi

Mazkur murakkab amaliyot Milliy tibbiyot markazining rentgen-endovaskulyar jarrohlari tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirildi.

Amaliyotni yosh endovaskulyar jarroh Abdurahmon Haydarov bajardi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar