10:42 / 15.02.2025
86

Ortiqcha vaznli odamlarda shirinlik eyishga moyillik nega koʻproq?

Ortiqcha vaznli odamlarda shirinlik eyishga moyillik nega koʻproq?
Stoun Bruk universiteti olimlari nima uchun ba'zi odamlar shirinliksiz tura olmasligi va shakar ta'mini boshqalarga qaraganda kamroq his qilishini aniqladi, deb yozmoqda Daryo.

Foto: Dzen
Tadqiqot natijalariga koʻra, bunga neyrosteroidlar sababchidir.

Neyrosteroidlar — bu markaziy asab tizimiga bevosita ta'sir qiluvchi va nerv hujayralarining funktsiyalarini boshqarishda qatnashuvchi steroid moddalar guruhidir. Ular stress darajasini va kayfiyatni tartibga soluvchi hisoblanadi.

Tanadagi bunday birikmalarning oshib ketishi shirin ta'mga nisbatan sezgirlikni kamaytirishi mumkin. Natijada insonlar oʻzlari sezmagan holda me'yoridna ortiq shirin mahsulotlar iste'mol qilishi mumkin. Mazkur tadqiqot laboratoriyada sichqonlar ustida oʻtkazildi, chunki ularning ta'm retseptorlari insonlarnikiga oʻxshashdir.

Olimlar allopregnanolon neyrosteroidini ustida koʻproq ilmiy izlanish olib bordi, chunki aynan ushbu moddaning organizmdagi darajasi ortiqcha vaznli shaxslarda koʻproq kuzatiladi.

Natijada olimlar tomonidan allopregnanolon miyadagi signallarni uzatish uchun mas'ul boʻlgan GABA retseptorlari (gamma-aminomoy kislotasi)ga ta'sir qilishi aniqlandi.

GABA — asab tizimidagi asosiy tormozlovchi neyromediator hisoblanadi.

Foto: Dzen
Hayvonlarga allopregnanolonni ineksiya yordamida kiritish orqali ularning shirin ta'mni farqlash qobiliyati pasayishi kuzatildi. Ya'ni, GABA retseptorlarining ta'sirini blokirovka qilinganda, sichqonlar shirin va oddiy suv oʻrtasidagi farqni his qilishni toʻxtatgan.

Olingan ma'lumotlar shuni koʻrsatadiki, ta'm sezuvchanligining pasayishi GABA retseptorlari faoliyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Agar tanadagi neyrosteroidlar darajasi oshsa, ta'm bilish hissi zaiflashadi, bu esa taomdan zavqlanishning etishmasligini qoplash uchun odamlarning koʻproq shakar iste'mol qilishiga olib keladi. Vaqt oʻtishi bilan bu ovqatlanish tartibining buzilishiga va vazn ortishiga olib keladi.

Bundan tashqari, ta'm sezuvchanligiga nafaqat neyrosteroidlar, balki spirtli ichimliklar va ba'zi tinchlantiruvchi preparatlarni uzoq muddat davomida qabul qilish ham ta'sir qiladi. Ular GABA retseptorlari faolligini pasaytiradi va ta'm signallarini idrok etish qobiliyati buziladi.

Ushbu tadqiqot nima uchun ortiqcha vaznli odamlarning shirinliklarga boʻlgan ishtiyoqi baland ekanligini tushuntirib beradi. Shuningdek, bu ma'lumot semizlikka qarshi kurashning yangi usullarini ishlab chiqish uchun asos boʻla oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik