
Organizmimizda magniyning roli beqiyosdir. Bu element stressga chidamlilikni oshirish, metabolizmni yaxshilash, qondagi glyukoza miqdorini barqarorlashtirishda hamda suyaklar, teri va ichki organlarning sog‘lom bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo ko‘pchilik magniy tanqisligi haqida bexabar bo‘lib, o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘yadi.
Organizmda magniy yetishmasligini uy sharoitida qanday aniqlash mumkin? Buning uchun shifokor huzuriga borish yoki laboratoriyada qon tahlili o‘tkazish shart emas. Oddiy bir test orqali o‘zingizni tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
Buning uchun yotoqda yotgan holda maksimal darajada qo‘l va oyoqlarni cho‘zib, taranglashtirish lozim. Agar shunday paytda oyoq mushaklaringiz tortishib qolsa, bu magniy tanqisligi borligidan darak beradi. Shuningdek, ko‘zning “uchishi”, qovoq yoki yonoqlarda kuzatiladigan burishishlar ham magniy yetishmasligining belgilaridan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, doimiy ravishda shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi ham organizmda magniyning kamligiga dalolat qiladi. Agar siz ushbu belgillarni o‘zingizda kuzatsangiz, bu holatga jiddiy e’tibor qaratishingiz kerak.
Albatta, uy sharoitidagi bu belgilar magniy yetishmasligini aniqlashning dastlabki bosqichidir. Muammoni to‘liq aniqlash uchun tibbiy muassasada qon tahlili o‘tkazish tavsiya etiladi.
Magniy tanqisligini bartaraf qilish uchun, avvalo, ovqatlanish ratsioningizga magniyga boy bo‘lgan mahsulotlarni kiritish yoki shifokor tavsiyasiga ko‘ra maxsus magniy preparatlarini qabul qilish lozim. Shu orqali organizmining normal ishlashiga ko‘maklashib, salomatligingizni yaxshilashingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar