
Ichaklar faqat ovqat hazm qilish uchun kerak deb o‘ylaysizmi? Asnosida, ular butun tana salomatligining asosiy kaliti. Quyida ichak faoliyati buzilganini ko‘rsatuvchi 6 belgini ko‘rib chiqamiz.
1. Asabiylik va tushkun kayfiyat
Ichak muammosi kayfiyatga ham ta’sir qiladi. Gastroenterolog Aditya Shrinivasanning aytishicha, ichak — bu “ikkinchi miya”. U yerda miyadan ko‘ra ko‘proq neyronlar bor. Shuning uchun ichak muammolari asabiylik va xavotirni keltirib chiqaradi.
2. Tushunarsiz holsizlik va charchoq
Tinimsiz esnash, kunduzi uyqu kelishi, ishga diqqatni jamlay olmaslik — bularning sababi ichaklar ozuqa moddalarini yetarli singdira olmayotgani bo‘lishi mumkin.
3. Doimiy bosh og‘rig‘i
Migren ba’zan ichakdagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, seliakiya yoki xelikobakter infeksiyasi. Agar bosh og‘rig‘i hazm bilan bog‘liq muammolar fonida bo‘lsa — gastroenterologga murojaat qilish kerak.
4. Og‘izdan yoqimsiz hid
Doimiy qabziyat organizmda toksinlar to‘planishiga olib keladi va bu nafas hidini o‘zgartirishi mumkin. Agar og‘iz gigiyenasiga amal qilayotgan bo‘lsangiz, lekin hid baribir yo‘qolmasa — ichaklaringiz bilan bog‘liq muammo bo‘lishi mumkin.
5. Yuz va tanadegi toshmalar
Akne, ekzema, psoriaz kabi teri muammolari ko‘p hollarda ichak salomatligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Teri — ichkarini aks ettiradi.
6. Tez-tez kasal bo‘lish
Ichaklarda immunitet tizimining 70% qismi joylashgan. Agar ichak mikroflorasi buzilsa, organizm viruslarga, vaksinalarga va dori vositalarga yaxshi javob bermaydi.
Sizda shu belgilardan biri bormi? Ehtimol, bu ichakdan signaldir! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!