date
views 257

Yuragingiz salomatligi – tish va milklarning tozaligiga bog‘liq ekanligi tasdiqlandi!

Yuragingiz salomatligi – tish va milklarning tozaligiga bog‘liq ekanligi tasdiqlandi!
Yaponiyaning Xirosima universiteti olimlari o‘tkazgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, milklar kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya nafaqat og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazadi, balki qon tomirlari orqali yurakkacha yetib borishi va unda jiddiy patologiyalarni keltirib chiqarishi mumkin ekan.

Tadqiqotchilar aniqlashicha, milk yallig‘lanishiga sabab bo‘luvchi Porphyromonas gingivalis (P. gingivalis) bakteriyasi, og‘iz bo‘shlig‘idan qon oqimiga o‘tib, yurak mushagiga kirib oladi va shu yerda fibroz (chandiq to‘qimasi) shakllanishiga turtki beradi. Fibroz esa yurakning ichki tuzilishi va tabiiy faoliyatini buzib, oqibatda aritmiya va boshqa xatarli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Fibroz shakllanishi natijasida yurakning me’yoriy faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr impulslarining uzatilishi buziladi. Bu esa o‘z navbatida atrial fibrillyatsiya (yurakning noto‘g‘ri urishi) xavfini keskin oshiradi. Bundan tashqari, bu holat yurak yetishmovchiligi, infarkt, insult kabi og‘ir asoratlarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar ogohlantirishicha, tish va milklarning muntazam parvarish qilinishi, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga jiddiy e’tibor qaratilishi nafaqat stomatologik, balki yurak-qon tomir kasalliklari oldini olish uchun ham muhim ahamiyatga ega.

"Bu bakteriya og‘iz bo‘shlig‘idan yurakka o‘tish orqali jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishini isbotladik. Shu bois milklarning sog‘lom bo‘lishi nafaqat og‘iz salomatligi, balki yurak salomatligi uchun ham muhim", – deb ta’kidlaydi Hirosima universiteti mutaxassislari.

Shuning uchun ham kundalik hayotda tish va milklarni muntazam ravishda tozalash, stomatolog ko‘rigidan o‘tish, og‘iz bo‘shlig‘idagi har qanday o‘zgarishga jiddiy munosabatda bo‘lish tavsiya qilinadi. Bu – nafaqat tabassumingiz, balki yuragingiz salomatligi uchun ham eng muhim qadamdir.

Esingizda bo‘lsin: sog‘lom tishlar va milklar – sog‘lom yurak garovidir!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yuragingiz salomatligi – tish va milklarning tozaligiga bog‘liq ekanligi tasdiqlandi!