Ovoz ortiqcha yog‘dan xalos etadimi? Olimlar hayratda!

Salomatlik1 daqiqa o'qish507
Ovoz ortiqcha yog‘dan xalos etadimi? Olimlar hayratda!
Zamonaviy parhezlar va shubhali ozdiruvchi preparatlar o‘rniga, tinglanayotgan musiqa tanadagi metabolizmga ta’sir qilishi mumkin — Yaponiyalik olimlar aynan shunday ilmiy xulosaga kelishdi.

Kioto universiteti olimlari qatorida tadqiqot olib borgan doktor Masahiro Kumeta ovoz — bu shunchaki shovqin emas, balki havo, suv va hatto inson to‘qimalaridan o‘tadigan tebranish ekanini ta’kidladi. Ushbu tabiiy resurs tibbiyotda yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.

Qanday tadqiqot o‘tkazildi?

Kumeta jamoasi turli chastotadagi ovoz to‘lqinlarini mushak hujayralariga ta’sir ettirish orqali 42 ta genning faoliyati o‘zgarganini qayd etdi. Ular orasida yog‘ hujayralarining shakllanish jarayoni uchun javobgar bo‘lgan genlar ham bor. Ta’sir natijasida hujayralar yog‘ to‘plamaslikka moyil bo‘ldi.

Ajablanarlisi, kunlik ikki soat ovoz ta’siri ham natija berdi. Hatto yetuk hujayralarda ham yog‘ miqdori taxminan 15 foizga kamaygan.

Nima uchun bu muhim?

Bugungi kunda “akustik terapiya” surunkali og‘riq, yallig‘lanish va hatto shikastlangan to‘qimalarni qayta tiklashda qo‘llanila boshlagan. Yangi tadqiqotlar esa metabolizmni tartibga solish va ozish jarayonida ham tovush to‘lqinlaridan foydalanish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Stenford universitetidagi alohida jamoa esa ovoz orqali yurak hujayralarini qayta tiklash ustida ish olib bormoqda. Bu esa, akustika tibbiyotning yangi yo‘nalishlaridan biriga aylanishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Kelgusi maqsadlar

Kumeta va uning guruhi endilikda tovush to‘lqinlarini aniq turdagi hujayralarga moslashtirish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu esa aniq yo‘naltirilgan, ta’siri kuchli va xavfsiz terapiya usullarini ishlab chiqishga xizmat qilishi mumkin.

Zamin.uz tahririyatidan:
Ozish va sog‘lom turmush tarzi sari qadam bosar ekanmiz, ehtimol bugundan sevimli musiqangizni naushnik orqali tinglash nafaqat kayfiyat, balki metabolizm uchun ham foydali ekanini unutmang. Siz ushbu “ovoz terapiyasi”ni sinab ko‘rgan bo‘larmidingiz?

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?