date
views 197

Maldivda xavfli bezgak tarqalmoqda, sayyohlar xavotirda

Maldivda xavfli bezgak tarqalmoqda, sayyohlar xavotirda
Maldiv orollarida sayyohlar salomatligiga tahdid soluvchi kasallik aniqlanmoqda. Mahalliy axborot vositalarining xabar berishicha, bu yurtga dam olish uchun kelgan mehmonlar orasida "chikungunya bezgagi" deb ataluvchi xavfli virusli infeksiya qayd etilgan.

Ushbu kasallik asosan chivinlar orqali yuqadi va u bilan zararlangan bemorlarda yuqori tana harorati, toshmalar va keskin bo‘g‘im og‘riqlari kuzatiladi.

Orolga tashrif buyurgan sayyohlar sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida hasharotlarga qarshi turli vositalarni – spreylar, malhamlar va boshqa himoya mahsulotlarini keng miqyosda xarid qilishmoqda.

Tibbiy mutaxassislar Maldivda dam olayotganlarga ochiq joylarda ehtiyot bo‘lish, tanani yopib turuvchi yengil kiyimlardan foydalanish hamda maxsus himoya vositalarini qo‘llashni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Mutasaddi idoralar epidemiologik holatni diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirgan. Sayohat rejalashtirayotgan fuqarolar esa bu xabardan xabardor bo‘lishlari zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Maldivda xavfli bezgak tarqalmoqda, sayyohlar xavotirda