
Yoz fasli — meva-sabzavotlar, sayohatlar va ochiq havoda ovqatlanish fasli. Biroq aynan shu davrda qorin og‘riqlari, ovqatdan zaharlanish va diareya holatlari sezilarli darajada ortadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holatlar qator omillar bilan bog‘liq bo‘lib, oddiy ehtiyotsizlik sog‘lig‘imizga jiddiy tahdid solishi mumkin.
Nima uchun yozda bunday holatlar ko‘payadi?
Birinchidan, issiq havo oziq-ovqat mahsulotlarining tez buzilishiga olib keladi. Baland haroratda bakteriya va mikroblar oziq-ovqatda tez ko‘payib, ovqatdan zaharlanish holatlarini kuchaytiradi. Ayniqsa, ko‘chada tayyorlangan yeguliklar va saqlash qoidalariga rioya qilinmagan mahsulotlar xavf manbai sanaladi.
Ikkinchidan, yozda odamlar parhezini o‘zgartiradi: ko‘proq xom sabzavot va meva iste’mol qilinadi. Ba’zilarining ortiqcha miqdori ichaklarni tirnashtirib, hazm qilishda muammo keltirib chiqaradi. Yog‘li va og‘ir taomlarni hazm qilish esa issiqda yanada mushkullashadi.
Uchinchidan, yoz faslidagi sayohatlar, hayot tarzidagi faollikning ortishi, yangi muhitda ovqatlanish — barchasi organizmni yangi mikrofloraga duchor etib, ichak infeksiyalari xavfini kuchaytiradi.
Qanday choralar ko‘rish kerak?
1. Oziq-ovqatlarni to‘g‘ri sharoitda saqlang.
2. Yuqori xavfli yeguliklar — mayonez, go‘sht, sut mahsulotlarini ehtiyot bilan iste’mol qiling.
3. Sabzavot va mevalarni yaxshilab yuving.
4. Qo‘l gigiyenasiga amal qiling.
5. Ko‘p suyuqlik iste’mol qiling. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar