date

Zika virusi qurbonlari

Zika virusi qurbonlari
2015–2016-yillarda Braziliyada tarqalgan Zika virusi oqibatida minglab chaqaloqlar og‘ir nogiron holatda tug‘ildi — ularning boshi kichik, yurish, gapirish, ovqat yeyish qobiliyatlari yo‘q. Mutaxassislar bu holatni “tug‘ma Zika sindromi” deb atashdi.

Ko‘plab onalar farzandlarini parvarish qilish uchun ishini tashlab, atigi oyiga 265 dollar davlat nafaqasiga yashashga majbur bo‘ldi. Ba’zilar turmush o‘rtoqlaridan ajraldi, ayrimlari esa huquqiy kurashga kirishdi. Tibbiy yordam, aravachalar va dori-darmon uchun ular ko‘plab sud jarayonlaridan o‘tdi.

Natijada, onalar mustaqil guruh tuzib, bir-biriga yelkadosh bo‘lishdi. 15 ga yaqin oila bir hududga ko‘chib, bolalarini birgalikda tarbiyalay boshladi. Ba’zilar o‘qishga qaytdi, ba’zilar esa yana mustaqil hayot qurishga harakat qilmoqda.

Ularning bosimi ostida Braziliya parlamenti har bir oilaga bir martalik 8800 dollar va har oy 1325 dollar to‘lov berish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.

Zika virusi to‘xtagan bo‘lsa-da, mutaxassislar yangi to‘lqin xavfidan ogohlantirmoqda. Shu paytgacha kam tadqiqotlar o‘tkazilgani sababli virusning ta’siri va tarqalishi sabablari hanuz noma’lumligicha qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Zika virusi qurbonlari