Amerika yurak assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, nonushta qilish yurak-qon tomir salomatligi uchun juda muhim hisoblanadi. Tadqiqotda 30 mingdan ortiq kishi qatnashgan va ularning sog‘lig‘i 10 yil mobaynida kuzatilgan. Natijalarga ko‘ra, ertalab ovqatlanishni odat qilgan odamlarda yurak kasalliklari rivojlanish xavfi 20 foizga kamaygan.
Shuningdek, nonushta qilmaslik tananing metabolik muvozanatini buzadi, bu esa qon bosimi va qand miqdorining oshishiga olib keladi. Mutaxassislar kunni yengil va foydali nonushta bilan boshlashni tavsiya qilmoqda – u murakkab uglevodlar, oqsillar va sog‘lom yog‘larni o‘z ichiga olishi kerak.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, doimiy nonushta yurak ritmini me’yorda ushlab turishga va infarkt xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ayniqsa, yuragi bilan bog‘liq muammolari bo‘lganlar uchun bu juda muhim omildir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!