Sink — inson tanasi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlardan biri. U organizmda juda oz miqdorda bo‘lsa-da, sog‘liq uchun ulkan ahamiyatga ega.
Sink ko‘plab biologik jarayonlarda ishtirok etadi: immun tizimini mustahkamlaydi, yaralarni tez bitirishga yordam beradi, teri, soch va tirnoqlar salomatligini ta’minlaydi. Shuningdek, ta’m va hid hissini normal saqlashda ham muhim o‘rin tutadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, sink tanqisligida insonda charchoq, ishtaha pasayishi, terida toshmalar va soqol-mo‘ylov o‘sishining sekinlashishi kuzatilishi mumkin. Bolalarda esa o‘sish va rivojlanishda orqa qolish ehtimoli ortib ketadi.
Sink asosan quyidagi mahsulotlarda ko‘p uchraydi:
-
Go‘sht va jigar;
-
Baliq va dengiz mahsulotlari;
-
Yorma (ovsyanka, grechka);
-
O‘simlik urug‘lari va yong‘oqlar.
Kunlik me’yor kattalar uchun taxminan 8–11 mg. Organizm sink'ni zaxira qilib qo‘ya olmaydi, shu bois uni har kuni ovqat orqali qabul qilish zarur.
To‘g‘ri ovqatlanish va sink'ga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish — kuchli immunitet, chiroyli teri va umumiy energiyaning garovidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!