Tishlar nafaqat chiroyli tabassum, balki umumiy sog‘likning ham muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ular qurtlamasligi uchun kundalik gigiyena va to‘g‘ri ovqatlanish odatlariga amal qilish zarur.
1. Kundalik tish tozalash – asosiy qadam
Ertalab va kechqurun kamida 2 daqiqa davomida tishlarni tozalash shart. Ftorli tish pastasi kariyecdan himoya qiladi va tish sirtini mustahkamlaydi.
2. Og‘iz chayishni odat qiling
Tish yoriqlarida qolgan oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlash uchun maxsus antiseptik yoki dorivor o‘tli eritmalar bilan og‘izni chayish tavsiya etiladi.
3. Shakar iste’molini cheklash
Shirinliklar va gazli ichimliklar kariyecning asosiy sabablaridan biri. Ularning o‘rniga meva, chormag‘z va suv iste’mol qilish tishlar uchun foydaliroq.
4. Tish ipidan foydalaning
Tish shyotkasi yeta olmaydigan joylarni tozalash uchun tish ipidan foydalanish tishlar orasidagi yoriqlarni chirishdan saqlaydi.
5. Doimiy stomatolog ko‘rigidan o‘ting
Har 6 oyda bir marta stomatolog qabulxonasiga tashrif buyurish tishdagi muammolarni erta bosqichda aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
6. Sog‘lom ovqatlanish
Kalsiy va D vitaminiga boy mahsulotlar (sүt, yogurt, baliq) tish va suyaklarni mustahkamlaydi. Sabzavot va qattiq meva-chevalar esa tish milklarini sog‘lom saqlaydi.