date

Mushuklardagi demans insonlardagiga juda o‘xshash

Mushuklardagi demans insonlardagiga juda o‘xshash

Edinburg universiteti olimlari olib borgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, mushuklar ham insonlar singari demansiyadan aziyat chekishi mumkin. Pravilamagning yozishicha, mutaxassislar 25 ta demans alomatlari kuzatilgan mushuk miyasini o‘rganib chiqishdi.

Ushbu mushuklarda yo‘nalish bo‘yicha adashish, uyqu buzilishi, ovoz chiqarishning ortishi va unutuvchanlik kabi belgilar kuzatilgan. Tadqiqot davomida har bir miya namunasi tarkibida beta-amiloid nomli oqsil yig‘ilmalari topildi — bu modda odamlarda uchraydigan Altsgeymer kasalligiga xosdir. Olimlar, shuningdek, kasallik ta’sirida mushuklarda sinapslar — asab hujayralari o‘rtasidagi aloqa uzilishlarini qayd etdi. Bu esa signal yetkazilishi, xotira, tafakkur va kundalik harakatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqot mualliflaridan biri doktor Robert MakGichanning ta’kidlashicha, mushuk va odamdagi demans o‘rtasidagi o‘xshashliklar yangi davolash usullarini topishga yordam beradi. Uning fikricha, kasallik rivojlanish mexanizmi ikki turda ham juda o‘xshash bo‘lgani uchun, insonlar uchun ishlab chiqilgan ayrim dori vositalari, jumladan yaqinda tasdiqlangan anti-amiloid preparatlari, mushuklarga ham foyda berishi mumkin.

Kelgusida mushuk miyasini chuqur o‘rganish insonlarda Altsgeymer kasalligini yanada yaxshi tushunishga va samarali davolash usullarini tezroq ishlab chiqishga zamin yaratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Mushuklardagi demans insonlardagiga juda o‘xshash