Tibbiy mutaxassislar ma’lum qilishicha, yetti yoshga to‘lmagan bolalarga gazlangan suv mutlaqo tavsiya etilmaydi.
Gazli suv tarkibida karbonat angidrid mavjud bo‘lib, aynan shu modda unga pufakchali tuzilish va nordon ta’m beradi. Lekin bolalar uchun bu modda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Gazli suv bola qornini shishiradi, terida qichishishni keltirib chiqaradi, ovqat hazm qilish tizimida noqulayliklarga olib keladi.
Shuningdek, bunday ichimliklar qorinni dam qilishi, oshqozon shilliq qavatining kislotaliligini ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa bolaning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir qiladi.
Mutaxassislar bolalarga gazsiz, shifobaxsh mineral suv iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda. U badanni tiniq suv bilan ta’minlab, chanqoqni xavfsiz bartaraf etadi.
Ota-onalar bolalar ratsionida sun’iy ichimliklar o‘rniga tabiiy suvni tanlashlari zarur. Bu bola sog‘ligi va o‘sish jarayoni uchun foydali hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!