Protein — bu sport bilan shug‘ullanuvchi insonlar uchun eng keng tarqalgan ozuqaviy qo‘shimchalardan biri hisoblanadi. U organizm uchun kerakli bo‘lgan oqsil manbai sifatida ishlatiladi. Protein asosan mushak massasini oshirish, tiklash va saqlashga yordam beradi.
Sportchilar va ovqatlanishni nazorat qiluvchi insonlar uchun protein tabiiy mahsulotlarga qulay alternativ bo‘lib xizmat qiladi. Chunki uni qabul qilish oson, tanadagi uglevodlar va yog‘lar miqdori me’yorda saqlanadi.
Biroq proteinli qo‘shimchalarni miqdordan ortiq yoki noto‘g‘ri qabul qilish, asab tizimi, yurak va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, undan foydalanishda mutaxassis tavsiyasi juda muhim.
Proteinli qo‘shimchalar quyidagi holatlarda foyda beradi: jismoniy mashqdan so‘ng mushaklarni tiklash, parhez paytida energiya taqchilligini to‘ldirish, mushak o‘sishini rag‘batlantirish va suv muvozanatini saqlash.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!