Olimlar olib borgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, organizmning gormonal reaksiyasiga ta’sir etuvchi suv miqdori sog‘liqni asrab-avaylashda juda muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tanani yetarlicha suv bilan ta’minlash kortizol darajasini nazorat qiladi va ko‘plab jiddiy xastaliklar xavfini pasaytiradi. Liverpul Jon Murs universiteti mutaxassislari o‘tkazgan tajribada suvni kam iste’mol qiladigan kattalar, ko‘p ichadiganlarga nisbatan, stress holatida gormon chiqarilishi orqali kuchliroq javob qaytarishi aniqlangan. Bu holat yurak urishi yoki xavotir darajasi kabi boshqa ko‘rsatkichlarda o‘zgarish bo‘lmagan taqdirda ham kuzatilgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha:
“Suvni muntazam va yetarli ichish stressni samaraliroq yengishga yordam beradi. Agar sizda juda band ish jadvali, muhim tayyorgarlik yoki nutq so‘zlash kabi holatlar bo‘lsa, yoningizda bir shisha suv saqlash foydali odat bo‘lishi mumkin. Bu uzoq muddatda salomatlik uchun ijobiy samara beradi”.
Mutaxassislar kattalar uchun kunlik tavsiya etilgan me’yorni ham eslatib o‘tishdi:
-
erkaklar uchun — taxminan 3,7 litr (15,5 stakan),
-
ayollar uchun — 2,7 litr (11,5 stakan).
Albatta, bu ko‘rsatkichlarga yosh, iqlim, jismoniy faollik va sog‘liq holati kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ular yo‘l-yo‘riq sifatida xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!