date

Oddiy tish kasalligi xavfli saratonga olib kelishi mumkin

Oddiy tish kasalligi xavfli saratonga olib kelishi mumkin
Finlyandiyada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar inson salomatligi uchun jiddiy xavfni ochib berdi. Xelsinki universiteti olimlarining ta’kidlashicha, parodontit deb ataluvchi tish va milk kasalligi vaqt o‘tishi bilan og‘irroq xastalik — saraton rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin.

Tadqiqot doirasida 10 yil davomida og‘iz bo‘shlig‘ida turli muammolarga duch kelgan 68 ming nafar katta yoshli kishi kuzatuv ostida bo‘ldi. Natijalar shoklantiruvchi: ularning qariyb 14,5 foizi turli xil saraton sababli hayotdan ko‘z yumgan. Shulardan 11,3 foizida esa parodontit aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

Professor Timo Sorsoning tushuntirishicha, parodontit tufayli kelib chiqadigan bakteriyalar faqatgina milk va tishlarga ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Ular og‘iz orqali butun organizmga tarqalish xususiyatiga ega. Bu jarayonda nosog‘lom og‘iz muhitida paydo bo‘ladigan ayrim fermentlar oshqozon-ichak tizimi organlarida saraton hujayralari shakllanishiga turtki berishi mumkin.

Mutahassislar og‘iz gigiyenasiga e’tiborsizlik faqat tish yo‘qotish bilan cheklanmasligini, balki umr uchun xavfli oqibatlarga ham olib kelishi mumkinligini alohida ta’kidlashmoqda. Shu sababli dental salomatlikka ahamiyat berish, muntazam tish shifokoriga ko‘rinish va profilaktika choralarini ko‘rish hayotiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Oddiy tish kasalligi xavfli saratonga olib kelishi mumkin