date

Yig‘lash inson sog‘ligi uchun qanday foyda beradi?

Yig‘lash inson sog‘ligi uchun qanday foyda beradi?

Yig‘lash ko‘pchilikka zaiflik yoki hassoslik belgisi bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq olimlar olib borgan ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘z yoshi to‘kish inson salomatligi uchun bir qator ijobiy ta’sirlarga ega. Minnesota shtatida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, yig‘lash stress paytida tanamizda to‘planadigan kimyoviy moddalarni chiqarishga yordam beradi. Shu bois odam yig‘lab olgandan keyin o‘zini yengil va ruhan yaxshi his qiladi.

Yig‘lash nafaqat organizmdagi zararli moddalardan xalos bo‘lishni ta’minlaydi, balki kayfiyatni ko‘tarish, qiyin vaziyatlarni yengib o‘tishda ruhiy yordamchi vazifasini bajaradi. Freyd nazariyasiga ko‘ra, insonning ichki his-tuyg‘ulari ifoda etilishi zarur, chunki ularni ichiga jamlab qo‘yish jismoniy yoki ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Ko‘z yoshi orqali inson atrofidagi odamlar bilan kuchliroq aloqa o‘rnatishi mumkin. Agar siz yig‘layotgan paytingizda yoningizda sizni qo‘llab-quvvatlaydigan va qayg‘urib yordam beruvchi inson bo‘lsa, bu munosabatlaringizni yanada samimiy va mustaxkam qiladi.

Yig‘lash ko‘p jihatdan foyda keltiradi: quruq ko‘zlarni namlab, ularning sog‘lom ishlashini ta’minlaydi, ko‘zga tushgan turli tinglovchi yoki zararli moddalarni chiqarib yuborishga yordam beradi. Shu bilan birga, ko‘z yoshining antibakterial xususiyatlari infeksiyalarning oldini oladi.

Bundan tashqari, yig‘lash vaqtida organizmda endorfinlar — “baxt gormonlari” ishlab chiqiladi. Ular nafaqat kayfiyatni ko‘taradi, balki og‘riqni ham yengillashtiradi. Yig‘lash shu bois yurak-qon tomir, oshqozon, suyak va mushaklarda ortiqcha gormonlarni yo‘qotish orqali salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, ko‘z yoshi inson uchun tabiiy va sog‘lom jarayondir. U nafaqat ruhiy yengillik, balki jismoniy sog‘lomlikni ham ta’minlaydi. Shuning uchun, his-tuyg‘ularingizni bosishdan ko‘ra, ularni erkin ifoda etish — sog‘lig‘ingiz uchun foydali qadam hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yig‘lash inson sog‘ligi uchun qanday foyda beradi?