Oddiy tomoq og‘rig‘i bola ruhiyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin

Salomatlik1 daqiqa o'qish286
Oddiy tomoq og‘rig‘i bola ruhiyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin
Ba’zan oddiygina tomoq og‘rig‘i bolalarda kutilmagan ruhiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bu holat “PANDAS” deb ataladi. U bolaning xulqida birdan paydo bo‘ladigan bezovtalik yoki o‘jarlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Masalan, 8 yoshli bir bola tomoq og‘rig‘idan so‘ng o‘zgarib ketgan. U odatiy narsalardan qo‘rqib qolgan, uyqusi buzilgan, ovqat yemay qo‘ygan va hatto ko‘rmagan narsalarni ko‘rayotgandek bo‘lgan.

Mutaxassislarning aytishicha, bunda immun tizimi infeksiyaga qarshi kurashayotib, xato qilib bolaning o‘z miyasi hujayralariga ham zarar yetkazadi. Natijada miya faoliyatida o‘zgarishlar yuz beradi.

Kasallikni aniqlash qiyin, chunki maxsus test yo‘q. Ko‘p hollarda u boshqa psixologik muammolarga o‘xshab ketadi. To‘g‘ri davolash uchun antibiotiklar yoki immun tizimini kuchaytiruvchi dori vositalari qo‘llanadi.

Olimlar bu kasallikni chuqurroq o‘rganish kerakligini ta’kidlashmoqda. Chunki PANDAS bolalarning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?