Gul karam inson organizmi uchun juda muhim bo‘lgan moddalarga boy sabzavotlardan biri hisoblanadi. Uni nafaqat mazali ta’mi, balki salomatlikka foydasi tufayli ham millionlab odamlar o‘z taomlarida muntazam qo‘llaydi. Hozirda dunyoning turli mintaqalarida gul karam turli ko‘rinishda pishirilib, ham salat, ham asosiy taom sifatida keng ishlatiladi.
Gul karamning biologik va kimyoviy tarkibi juda boy. Uning tarkibida A, S, K va V guruhi vitaminlari, shuningdek, kalitsiy, magniy, temir, foliy kislotasi, fosfor va tabiiy antioksidantlar mavjud. Ushbu moddalar immunitetni mustahkamlash, ichki a’zolar faoliyatini yaxshilash va umumiy salomatlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
S vitamini miqdori yuqori bo‘lgani bois, gul karam tanaga virus va bakteriyalarga qarshi samarali kurashish imkonini beradi. Shuningdek, u yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lib, shamollash, gripp va bronxitda foydali hisoblanadi. Ko‘pchilik shifokorlar sovuq kunlarda gul karamli taomlarni iste’mol qilishni tavsiya etishadi.
Gul karam ovqat hazm qilish tizimi uchun ham juda manfaatli. Unga xos bo‘lgan tolalar ichaklarni faol ishlashga undaydi, hazmni osonlashtiradi va toksinlardan tozalash jarayonini tezlashtiradi. Bu esa ichki organlar faoliyatini sog‘lom holda saqlashda muhim omildir.
Gul karam nafaqat mazali, balki foydali sabzavot ham hisoblanadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar