So‘nggi paytlarda paratsetamol dori vositasining bolalarda autizm rivojiga ta’sir qilshi mumkinligi haqida turli fikrlar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va ba’zi onlayn manbalarda bu mavzu atrofida shov-shuvli xabarlar tarqaldi. Lekin, bu iddaolar qay darajada asosli?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ushbu masala bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Tashkilot ma’lum qilishicha, hozirgi kunda paratsetamol va autizm o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligini isbotlovchi aniq va bir xil natija bergan ilmiy tadqiqotlar yo‘q.
Ayrim tadqiqotlarda paratsetamolni homiladorlik davrida yoki erta yoshda qabul qilish bilan autizm rivoji o‘rtasida bog‘liqlik qayd etilgan. Ammo bu natijalar haligacha ziddiyatli bo‘lib, umumiy ilmiy xulosa chiqarishga yetarli emas.
JSST mutaxassislarining ta’kidlashicha, bunday jiddiy da’volarni bildirish uchun natijalar turli tadqiqotlarda takrorlangan va bir xil bo‘lishi kerak.
Shu sababli, JSST paratsetamolni aniq zarurat tufayli, shifokor tavsiyasiga asosan, belgilangan dozada qabul qilishni tavsiya etadi. Har qanday dori kabi paratsetamol ham me’yoridan ortiq yoki noto‘g‘ri ishlatilganda zararli bo‘lishi mumkin.
Paratsetamol autizmga olib keladimi? JSST aniq javob berdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar