27 304
Olimlar: bug‘doy doni o‘lim xavfi bo‘lgan kasalliklarni davolovchi xususiyatiga ega
Olimlar kun davomida ma’lum miqdorda bug‘doy doni yoki bug‘doy noni - kepak nonini iste’mol qilish insondagi o‘lim xavfi bo‘lgan kasalliklarni davolashi mumkinligini aniqlashdi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Butun bug‘doy doni, shuningdek, bug‘doy, jo‘xori, javdar kabi boshqa don mahsulotlarini kuniga 90 gramm miqdorida iste’mol qilib turish, yurak-qon tomir kasalliklari va yurak ishimiyasi(19 foizga), insult(14 foizga), saraton kasalligi (15 foizga), qandli diabet (26 foizga) va nafas olish kasalliklarining (22 foizga ) o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan xavfini kamaytirishda va davolashda yordam beradi.
Buning uchun yuqoridagi kasallik bilan og‘rigan bemorlar kun davomida ikki porsiyadan don mahsulotlarini iste’mol qilib turishi lozim.
Bunda 32 gramm bug‘doy donalari 60 gramm miqdorida bug‘doy uni yoki kepakli non miqdoriga teng bo‘ladi. Kuniga 7,5 porsiya (225 gramm) muntazam ravishda iste’mol qilib turish esa ushbu kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq don mahsulotlarini iste’mol qilish yanada ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkinligini olimlar istisno etmaydi. Donning kasallik va o‘lim xavfini kamaytiruvchi foydali mahsulot ekanligini olimlar o‘z tadqiqotlari davomida 45 ta tahliliy-analiz o‘tkazish orqali aniqlashgan.
Shifokorlar yurak ishimiyasini keltirib chiqaruvchi etti ming holatni o‘rganib chiqib, ikki mingga yaqini –insult, 26 mingga yaqini — yurak-qon tomir kasaliklari, 34 ming-saraton kasalliklari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga amin bo‘lishgan.
Tadqiqotlarga ko‘ra ushbu kasalliklarga chalingan har 700 mingga yaqin insonning yuz mingga yaqini hayotdan ko‘z yumadi.
Shunday qilib nonushtada olimlar tomonidan bug‘doy donini butun holida yoki non shaklida iste’mol qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi