12:35 / 05.04.2017
9 861

Kech uxlaydigan kishilar erta yotadiganlardan aqlliroq ekanligi aniqlandi

Kech uxlaydigan kishilar erta yotadiganlardan aqlliroq ekanligi aniqlandi
Kech uxlaydigan kishilarda aql-idrok darajasi uyquga erta ketadiganlarga qaraganda balandroq bo‘ladi. Bu haqda «Segodnya.ua»ga asoslanib "Sof.uz" xabar berdi.

Amerikalik talabalar ustida o‘tkazilgan tajriba natijalari aql-zakovati yuqori darajada bo‘lgan odamlar o‘zlarining qobiliyatsizroq tengdoshlariga nisbatan ancha kech uyquga ketishini ko‘rsatdi.

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi psixologi Satosi Kanajava aql-zakovat darajasi va uyqu rejimi o‘rtasidagi ba’zi bog‘liqliklarni aytib o‘tdi. Chunonchi, kech uxlaydiganlarda orzu qilish va reja tuzish uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi: kunduz kuni oila, ish, do‘stlar va boshqa tashvishlar bilan band bo‘lib, kishi bunday ishlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shuningdek, tun qorong‘isi o‘ziga xos ruhiy va hissiy tuyg‘ularni boshdan kechirishga undaydi, bu ayniqsa shoirtabiat kishilar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kech uxlaydigan kishilar erta yotadiganlardan aqlliroq ekanligi aniqlandi