Monreal Universitetidagi klinik shifoxona olimlari semizlikning bedavo shakli sabablarini aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, gipotalamus neyronlaridagi ABHD6 fermentining nofaolligi ortiqcha vazn bilan kurashishda parhez va mashqlarning foydasini yo‘qqa chiqaradi. Fiziologlar bu mavzuga oid xulosalarini Cell Reports jurnalida chop etilgan maqolada taqdim etishgan, deb yozadi Sof.uz sayti.
Tadqiqotchilar mutant genli genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlarni aniqlashdi. ABHD6 oqsili gipotalamusda joylashgan neyronlar guruhi —organizmning gormonal faoliyatini boshqaruvchi bosh miya tuzilmasida faoldir.
Bu sichqonlar to‘g‘ri hayot tarzi va oziqlanish sharoitida odatiy jonivorlardan farq qilmaydi. Biroq ular sovuq ta’sirida tananing doimiy haroratini saqlay olmaydi, shu bilan birga yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ozuqani iste’mol qilganda semizlikka moyil bo‘ladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ular odatiy parhezga o‘tganida ham vazn yo‘qotmaydi.
Olimlarning fikricha, xuddi shunday mexanizm inson organizmida ham mavjud. Ushbu taxminni isbotlash uchun bundan keyin ham tadqiqotlarni davom ettirish zarur, biroq mutaxassislarning ishonch bilan bildirishicha, ortiqcha vazndan xalos bo‘la olmaydigan kishilarda ABHD6'ga bog‘liq muammolar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»