11:01 / 10.05.2017
21 723

Erta o‘limning ikki asosiy sababi aniqlandi

Erta o‘limning ikki asosiy sababi aniqlandi
Shvesiyalik shifokorlar insonning erta o‘limiga sabab bo‘luvchi ikki asosiy omilni aniqladi. European Journal of Preventive Cardiology jurnalida chop etilgan tadqiqotning qisqa mazmunini Sof.uz nashri keltirmoqda.

Olimlarning fikricha, erta o‘limning asosiy sabablari orasida birinchi o‘rinni chekish, ikkinchi o‘rinni esa past jismoniy tayyorgarlik egallaydi. Bunday xulosalar Gyoteborg shahrida olib borilgan uzoq muddatli kuzatishlar natijasida qo‘lga kiritildi. Jami 1913 yilda tug‘ilgan 792 kishi kuzatib borildi. Kuzatuvlar 45 yil davom etdi.

Tadqiqot boshlangan 1963 yilda kuzatuv ostidagi insonlar 50 yoshda edi. 1967 yilda 656 kishi organizmning maksimal kislorod singdirish salohiyatini ko‘rsatuvchi VO2 max testini topshira oldi. Qolganlarga esa aks ta’sir xavfi tufayli test topshirish taqiqlandi.

2012 yilda tadqiqot mualliflari insonlarning o‘lim sabablarini o‘rganib chiqdi. Natijalarga ko‘ra o‘rganilgan erkaklar uch guruhga bo‘lindi (daqiqasiga 2,00, 2,26 va 2,56 litr kislorod iste’mol qilganlar). Bu guruhlar VO2 max ko‘rsatkichlari bilan erta o‘lim tahdidi korrelyasiyasini aks ettiradi.

Jismoniy mashqlar davomida organizm qanchalik ko‘p kislorodni singdira olsa, erta o‘lim xavfi ham shunchalik past bo‘lar ekan.

Chekish, yuqori bosim va qon tarkibidagi xolesterin miqdori ham erta o‘lim bilan aloqador omillar deb topildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Erta o‘limning ikki asosiy sababi aniqlandi