Eng mashhur «chaynaluvchi» brendlarni reklama qiluvchi marketologlarning ta’kidlashicha, Orbit va Dirol — kariesdan samarali himoya qiluvchilar hisoblanadi. Lekin yalpizli va mevali rezinali dumboqchalarni chaynashning foydasi faqat shumi?
Bu savolga javob topish uchun saqichlarning tarkibini o‘rganish lozim bo‘ladi. Bu erda eng asosiy masalliq — sorbit. Uni qo‘llash natijasida paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta’sirlar ro‘yxati katta taassurot uyg‘otadi. Bu erda qorin dam bo‘lishini ham, me’da-ichak yo‘llari faoliyatining buzilishini ham, og‘iz qurishi va hatto tomir tortishishini ham uchratish mumkin.
Ikkinchi shirin ta’m beruvchi vosita sifatida aspartamdan foydalaniladi. Olimlar migren, ko‘ngil aynishi, uyqusizlik, surunkali charchoqlik va depressiya xurujlari, astma va ko‘rish qobiliyatining pasayishlari to‘g‘risida ogohlantiradi. Tajriba qilinadigan hayvonlarda uzoq vaqt muntazam ravishda aspartam qabul qilish natijasida ko‘rish va eshitishning yo‘qolishi, aqliy zaiflik, gipoglikemiya, Parkinson kasalliklari aniqlangan.
Ilgari rezinali asos uchun kauchuk, yalpiz qiyomi va makkajo‘xori kraxmalidan foydalanishgan. Hozir esa ularni butilkauchuk, polivinilasetat, mum, talk va elim, shuningdek soyali lesitin va mannitol bilan almashtirishdi. Ilmiy tadqiqotlarga asosan, bunday masalliqlarning ko‘pchiligi bepushtlikka olib keladi, saraton kasalliklari rivojlanishini keltirib chiqaradi, markaziy asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi.
Albatta, rezinali saqich tarkibidagi zararli moddalar miqdori juda kichik va agar katta odamlar tomonidan bir kunda 1-2 dona qabul qilinsa ular organizmiga jiddiy zarar etkazmasligi ham mumkin. Lekin har holda bolalarning bubl-gum iste’mol qilishini cheklashga to‘g‘ri keladi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin