15:31 / 16.09.2017
17 755

Endi tishlarga plomba kerak bo‘lmaydi

Endi tishlarga plomba kerak bo‘lmaydi
Shaxsiy gigiyena sohasida yaponiyalik olim Kazuye Yamagashi inqilobiy kashfiyot qildi. U yaratgan tish pastasi yordamida tez va og‘riqsiz ravishda tishdagi yoriqlar, teshiklarni bekitish, shu bilan birga tish emal qatlamini tiklash mumkin. Uning tarkibi tish emal qavatini eslatadi, uni yoriq joylarga surtib qo‘ysangiz, bas.

Bu material tadqiqotlar yordamida tishning asosiy tarkibiy qismlaridan bo‘lgan — gidroksil-apatitdan olingan.
Avvaliga vositadagi kislota yorilgan tishning emal qavatini eritadi. Uch daqiqadan keyin kristallga aylanib, sun’iy material mahkam o‘rnashib, tabiiy emalni hosil qiladi.

Bundan tashqari u eng yaxshi antibakterial vosita hamdir. Yapon stomatologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bunday tish pastasi yordamida davolangan tishlar sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lishini aniqladi. Ularning farqini hatto mikroskop yordamida ham aniqlab bo‘lmadi.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Endi tishlarga plomba kerak bo‘lmaydi