1. Agar har kuni 3 dona yong‘oqni 1 dona olma bilan yesangiz, umringiz uzayadi. Tabiblar boshlanishiga 1 dona yong‘oqdan yeb, borgan sari miqdorni ko‘paytirishni tavsiya etishadi.
2. Chekuvchi o‘pkasini nikotindan tozalash uchun har kuni bir stakan yangi siqilgan sabzi sharbati ichiring. Shamollash joningizga tegdimi? Unda qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi yeng yoki sabzi sharbatini sut bilan iching. Sabzi sharbati organizmdan shamollashni qaytalatuvchi shilimshiqni chiqarib tashlaydi.
3. Xotirangiz sustlashib borayaptimi? Maydalangan 2 osh qoshiq mavrak o‘tini 1 stakan qaynagan suvda damlab qo‘ying. Kun davomida 2-3 marta yarim stakandan iching.
4. Yurak, buyrak, gepertoniya, shishib ketish kasalliklarida yoki ularning oldini olish uchun haftada bir marta 300 gr. suli yormasidan tayyorlangan shakarsiz, tuzsiz bo‘tqani beshga bo‘lib, kun davomida yeng. Choy o‘rniga esa na’matak damlamasidan iching.
5. Immunitetni ko‘tarish va organizmni sog‘lomlashtirish uchun foydaga kon asalning o‘zini emas, uni gulchangi bilan birga iste’mol qiling. Och qoringa 1 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq gulchangini aralashtirib yeng.
6. Ko‘proq yorqin rangdagi mevalardan iste’mol qiling. Bilasizmi, S vitaminidan ko‘ra apelsin yeyish foydaliroq ekan.
7. Ko‘p insonlar siqilganlarida, tushkunlikka tushib qolganlarida tashvishlarini ovqat yeyish bilan unutgilari keladi. Ko‘p va asabda yeyilgan ovqat hazm ham bo‘lmaydi, organizmga foyda ham keltirmaydi. Sizning ichingizdagi bo‘shliqni to‘ldirishga ovqatning umuman aloqasi yo‘q.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar