Suvni qanday va qancha ichish kerak? Ichish uchun zarur bo‘lgan suv tabiiy va qaynatilmagan bo‘lishi kerak. Faqat shunday suvdagina hayot energiyasi saqlangan bo‘ladi. Qaynatilgan suv — «o‘lik» suv hisoblanadi, unda hayot energiyasi mavjud emas. Tirikni albatta tirik bilan davolash mumkin, shuning uchun «o‘lik», qaynatilgan suv davo bo‘lmaydi. Agar qaynatilmagan suvni tozalashning imkoni yoki sifatiga ishonch bo‘lmasa, 1 stakan suvga 1 tomchi yod, (1 choy qoshiqda olma cirkasi, bo‘lmasam, limon kislotasi) qo‘shish zarur. Bunday muhitda mikroorganizmlar yashay olmaydi.
Qon-tomir kasalliklarida magniyga boyitilgan suv juda muhimdir. Tomirlarni kengayishi va torayishi uchun magniy zarur. Suvda magniy bo‘lsa, yurak va qon-tomir kasalliklari xavfi kamayadi. Qaynatilgan suvda magniy tuzlarining tarkibi o‘zgaradi va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Shuning uchun tabiiy, magniyga boyitilgan mineral suv ichgan ma’qul.
Ertalab uyg‘oniboq suv ichishni boshlash kerak. Avval tomoqni, so‘ng og‘izni chayqab, 1 iliq stakan suv ichiladi. 15-20 munutdan so‘ng nonushta qilinadi.
Kun davomida 3 litrgacha ovqatlanishlar oralig‘ida suv ichib turiladi. Imkon darajasida yotishdan oldin suv ichmagan ma’qul.
Nima uchun ovqatlanish va undan keyin suv ichish mumkin emas? Chunki ovqat og‘iz bo‘lig‘idagi so‘lak bilan aralashishi zarur xolos. Suyuqlik bilan iste’mol qilingan taom so‘lakdagi ishqor bilan to‘liq aralashmaydi, demak to‘liq hazm bo‘lishga tayyor bo‘lmaydi. Bundan tashqari suv oshqozon shirasini suyultirib yuborishi sababli, ovqat to‘liq hazm bo‘lmaydi va tanaga kerakli moddalar bilan ta’minlanmaydi. To‘liq hazm bo‘lmagan taom ichaklarda achib, qonga zaharli va zararli moddalarni tarqatadi.
Ovqatlanish paytida suyuqlik ichish — o‘zini o‘zi zaharlash demakdir. Xuddi shunday jarayonlar ovqatdan so‘ng suv ichilsa ro‘y beradi.
Suvni qachon ichish kerak? Ichilgan suv oshqozondan organizm hujayralariga tarqashi va tozalash xususiyatini boshlash uchun 15-20 daqiqa kifoya.
Oshqozonda suv qolmaganidan so‘ngina ovqatlanish mumkin. Demak suv ichgandan so‘ng 15-20 daqiqa o‘tkazib, ovqatlansa bo‘ladi. Ovqatni shunday chaynash kerakki, u salkam suyuq va qizilo‘ngachdan oson o‘tib ketishi zarur.
Inson ovqatlanib suv ichishi yomon odat hisoblanadi. Ovqatlangandan so‘ng, hazm jarayoni ketayotganda, suyuqlik ichib bo‘lmaydi. Oqsillarni parchalanishi uchun 1.5-2 soat, uglevodlarni parchalanishiga 20 daqiqa vaqt ketadi. Demak, suvni ovqatdan so‘ng, 1.5-2 soatdan so‘ng ichish kerak ekan.
Kimda-kim hayvonot dunyosini kuzatib borgan bo‘lsa biladiki, hayvonlar ovqatlanish paytida va ovqatlanib bo‘lib suv ichishmaydi. Yeganini singitish uchun hayvon yotib dam oladi va so‘ng suv ichgani boradi.
Kumush yordamida suvni tozalash: Barcha zamonlarda kumushdan tayyorlangan idishga e’tibor yuqori bo‘lgan, asosan ichish uchun zarur bo‘lgan idishlar. Qadimiy xalqlar sayohatga chiqishganda suvni kumush idishlarda saqlashgan.
Ko‘pgina mamlakatlarda suv ichiladigan quduqlarga kumush tanga tashlab qo‘yishgan, hozirgi kunda ham shunday qilinmoqda. Odamlar kumushning suvga ijobiy ta’sirini qadimdan bilishgan.
Kumushning mayda zarrachalari suvda erib, suvdagi zararli mikroorganizmlarni halok qilgan. Oltinning bunday xususiyati juda kam. Kumushli suvni xohlagan miqdorda organizm ko‘targuncha ichish mumkin.
Manba: sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi