15:40 / 17.10.2017
32 710

Xol hamisha husn...mi?

Xol hamisha husn...mi?
Ko‘pchilik tanadagi xollarning barchasi xavfli bo‘ladi, deyishadi. Lekin aslida unday emas. Xollar xavfsiz bo‘ladi, lekin ayrim holatlar sabab ular xavfli o‘simtaga aylanishi mumkin, natijada esa xol teri saratoniga ham olib kelishi mumkin. O‘z vaqtida davolanmaganida esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu haqda oliy toifali dermatolog-shifokor Nodira RIZAYeVAga murojaat qildik.

Xo‘sh, xollar o‘zi qanday paydo bo‘ladi?
Xollar — terida melanotsitlar (dog‘ paydo qiluvchi hujayralar) ko‘payishi natijasida paydo bo‘ladi. Xuddi shuning uchun ham xollar qo‘ng‘ir yoki qora rangda bo‘ladi, kam holatlardako‘kimtir va qizil rangga o‘zgaradi. Xollarning paydo bo‘lishi nasldan-naslga o‘tadi, lekin xolning miqdori bolalikda va yoshlikda quyoshda ko‘p yurish natijasida kelib chiqadi. Ayollarda esa xol homiladorlik vaqtida organizmda gormonal o‘zgarishlar natijasi ham paydo bo‘lishi mumkin.

Xavfli xolni qanday aniqlash mumkin?

Sog‘liq uchun xollar hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Chunkixolxavfsiz paydo bo‘lgan shish hisoblanadi. Ammo ayrim xollar ma’lum tip hujayralardan iborat bo‘lib, teri saratoni kasalligi sababchisi bo‘lishi mumkin.

Ular quyidagi alomatlarga ega bo‘ladi:
1.Assimetriya
2.Tashqi ko‘rinishi turlicha
3.Turli rangda
4.Vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchan

Oddiy hol odatda unchalik katta bo‘lmaydi va doirasimon yoki cho‘ziqroq, bir xil rangda bo‘ladi. Bu alomatlardan birortasi o‘zgarganda, zudlik bilan teri kasalliklari shifokori —dermatolog yoki onkologiya mutaxassisiga maslahat bilan murojaat qilishingiz lozim. Agarda qichishish, og‘riq, shamollash va qonash alomatlari paydo bo‘lsa, shifokorga borishni paysalga solmang.

Xolning holatini aniqlang
Tanasida 40 va undan ko‘p xoli bor odam muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib, terisi holatini tekshirtirib turishi lozim. Mutaxassislar bir ko‘rishdanoqxolning holatini aniqlay olishadi. Agar shifokorga biror xolning ko‘rinishi yoqmasa ham, xavotirga tushishga o‘rin yo‘q. Ayrim xollarni o‘z vaqtida olib tashlash saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi.

Xoldan xoli bo‘lish uchun...
Xollarning kattaligiga qarab, uni olib tashlash usullari tanlanadi. Mayda xol igna yordamida o‘yib olib tashlanadi, katta xol skalpel bilan kesib olinib, hosil bo‘lgan yara chetlari tikib qo‘yiladi. Lazer yordamida xolni olib tashlash usuli faqat kosmetik maqsadda qo‘llaniladi. Bunda kuydirilgan hujayraning xavfliligini tekshirib bo‘lmaydi va natijada xavfli o‘simta paydo bo‘layotgani ko‘rinmaydi.

Mumkin emas
  • Hech qachon o‘zingiz xolni olib tashlashga urinmang! Bu nafaqat xunuk chandiq hosil qiladi, balki terining chuqur qavatlariga hayot uchun xavfli infeksiya tushishiga ham olib kelishi mumkin.
  • Xolni oldirgandan keyin ikki hafta davomida sport bilan shug‘ullanmang va jarohat joyiga suv tekkizmang! Qolgan xollaringizni ham ko‘zdan kechirib turishni unutmang!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Xol hamisha husn...mi?