Jarrohlik operatsiyasi jami 18 soat davom etdi. Amaliyot davomida mijozning umurtqa pog‘nasini to‘g‘rilash, asab tizimi va qon tomirlarni me’yoriy holatga keltirishga ham erishildi.
Ushbu jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangani haqida italiyalik neyrojarroh Serjo Kanavero (Sergio Canavero) matbuot anjumanida rasman ma’lum qildi. Uning aytishicha, amaliyot Xitoyning Xarbin tibbiyot universiteti jamoasi bilan birga doktor Jen Syaopin (Xiaoping Ren) yetakchiligida o‘tkazildi. Faqat bu yerda donor ham, bemor ham olamdan o‘tgan odamlar edi. Shuning uchun ham bu jarrohlik amaliyoti tirik odamning boshi boshqa tanaga o‘rnatilsa, muvaffaqiyatli kechishiga hozircha kafolat bera olmaydi. Kanaveroning ta’biri bilan aytganda, bu amaliyot jiddiy ish oldidan tajriba maktabini o‘tadi xolos.
Italiyalik mutaxassisning aytishicha, tirik odamning boshini o‘zga tanaga o‘rnatish amali yaqin vaqtlarda tashkil etiladi. Bu jarrohlik amaliyotida rossiyalik mijozning boshi bemorga o‘rnatilishi mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi