11:43 / 11.12.2017
8 042

Insonni muddatidan oldin o‘limga eltuvchi genlar

Insonni muddatidan oldin o‘limga eltuvchi genlar
Edinburg mutaxassislari yangi tadqiqotlar natijasida insonni muddatidan oldin o‘limga eltuvchi genlar turini aniqlashdi.
Bu genlar “APOE”, “CHRNA” deb atalib, ular mutatsiyaga uchragan taqdirda odam umrini kamida to‘rt yilgacha qisqartiradi. Shubhasiz, bu genlar o‘z-o‘zidan mutatsiyaga uchramaydi. Ularni Alsgeymer va pnevmoniya xastaliklari chaqiradi. Mutatsiyaga uchragan genlar xastalik to‘qimalariga yopishgan holda organizmni yeb boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, atigi bitta shunday mutatsiyalangan gen turini orttirgan insonning umri 12 oyga qisqarishi kuzatilgan. Ikkita gen birgalikda mutatsiyaga uchrasa, biz to‘rt-besh yillik umrimizdan ayrilarkanmiz. Ammo vrachlar vahimaga berilmaslikni maslahat berishdi. Chunki yaqin yillar ichida yuqorida nomlari qayd etilgan xastaliklarga va shu bilan birga ikki mutatsion genga qarshi zamonaviy dori vositalari ishlab chiqariladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Insonni muddatidan oldin o‘limga eltuvchi genlar