23:58 / 29.12.2017
6 397

D vitaminining yangi xususiyati aniqlandi

D vitaminining yangi xususiyati aniqlandi
Britaniyalik olimlar tarkibida D vitamini va foliy kislotasi bo’lgan qo’shimchalarning homilador ayollar tomonidan iste’mol qilinishi tug’ilajak bolalar uchun behad foydali ekanligini ma’lum qilmoqdalar.

Xabarda aytilishicha, mazkur vitaminlar homilani kislorod va ozuqaviy moddalar bilan ta’minlab turuvchi yo’ldosh holatiga ijobiy ta’sir etish barobarida tug’ilajak bolaning immun tizimini mustahkamlaydi va tana a’zolarining sog’lom rivojlanishiga ko’mak beradi.

Shuningdek, D vitaminining homilador ayollarda kuzatiluvchi preeklampsiya holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi ham ma’lum qilingan.

Tadqiqot davomida buyuk britaniyalik ayollar har kuni 400 mikrogramm foliy kislotasi va 10 mikrogramm D vitaminini iste’mol qilishgan. Qo’shimchalarning qabul qilish jarayonini boshlash esa homiladorlik holati ma’lum bo’lgach yoki reproduktiv holatning ilk bosqichlarida tavsiya qilinadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » D vitaminining yangi xususiyati aniqlandi