— Ko‘p yillardan buyon bosh og‘rig‘idan azob chekaman. Avvaliga mutaxassis shifokorlar tavsiyasi bilan muolajalar olib, anchagina yengillashgandek bo‘ldim. Biroq keyingi vaqtlarda bu og‘riq yana qaytaladi. Shifokorlarning aytishicha, bunaqangi vaziyatda bosh miya tomirlarini tozalash kerak ekan. Buning uchun esa tabiiy usullardan foydalanish yanada samarali natija berarkan. Agar iloji bo‘lsa, uy sharoitida bosh miya qon tomirlarini tozalovchi mahsulotlar va ulardan foydalanish yo‘llari haqida ma’lumot bersangiz?
Muyassar ABDUQODIROVA
— Insonning bosh miya qon tomirlarini tozalash juda ham muhim va foydali ishdir. Buning natijasida kishi o‘zini his qilishi sezilarli yaxshilanadi. Bu, shuningdek, ostexondrozdan aterosklerozgacha bo‘lgan turli kasalliklar bilan og‘rigan kishilarga yordam beradi.
Darhaqiqat, tomirlarni muntazam tozalab turish bizga boshning og‘irlashganidan, bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga, kayfiyat va xotiraning yaxshilanishiga, diqqatning jamlanishiga yana keng imkon beradi. Buning uchun ulug‘ bobokalonimiz, Abu Ali ibn Sino tavsiyasiga ko‘ra, ko‘proq tabiiy mahsulotlardan foydalanish buyuriladi. Chunki ular kimyoviy xossalarsiz, bosh miya qon tomirlariga singib boradi va uni tiqilmalardan tozalab, qon aylanishini yaxshilaydi. Qon aylanishi yaxshilanib, organizm ortiqcha tiqilmalardan xalos bo‘lgach, bosh miya faoliyati izga tushib ketadi.
FOYDALI MAHSULOTLAR
Organizmning umumiy salomatligi va qon tomirlarini tozalab turish uchun har kuni nonushtadan oldin bitta mandarin, bir siqimdan mayiz va yong‘oq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shundan 15-20 daqiqa o‘tib, bir choy qoshig‘ida toza tabiiy asal va bir bo‘lak limon aralashtirilgan qaynagan suv ichish buyuriladi. Yana 15-20 daqiqa o‘tib, nonushta qilishingiz mumkin.
ASAL VA YoNG‘OQ
Bosh miya qon tomirlarini tiqilmalardan xalos etish barobarida uni quvvatlantirishni istasangiz, asal va yong‘oqli aralashmadan qabul qiling. Buning uchun 5 dona yong‘oq mag‘zini maydalab, 1 osh qoshiq tabiiy asal bilan aralashtirishingiz lozim. Keyin esa unga yarim choy qoshig‘idan yanchilgan dolchin va zanjabil qo‘shib, yaxshilab aralashtiring hamda aralashmani bir sutka muzlatkichda saqlang.
Quvvatlantiruvchi mazkur darmondori tayyor bo‘lgach, undan kuniga uch mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 osh qoshiqdan iste’mol qiling.
PIYoZ ShARBATI VA ASAL
Stakanning uchdan biri miqdorida piyoz sharbatini siqib olib, 1 stakan toza tabiiy asal bilan aralashtiring. Aralashmani 1 choy qoshiqdan kuniga uch mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin iste’mol qiling. Bu vosita qon tomirlarini tozalashga yordam berishi bilan birgalikda immunitetni ham mustahkamlaydi.
TABIIY ShARBATLAR
Har kuni tushlik va kechki ovqatlanishdan oldin, birinchi kun yarim stakan anor sharbati, ikkinchi kun yarim stakan olma sharbati, uchinchi kun esa yarim stakan sabzi sharbati ichish tavsiya etiladi. Bunda do‘kondan olingan sharbat emas, uy sharoitida yangi tayyorlangan sharbat ichishingiz buyuriladi.
QARIQIZ ILDIZI DAMLAMASI
Quritilgan qariqiz ildizidan 10 grammini olib, ustiga yarim litr qaynoq suv quying va 8-10 soatga bostirib qo‘ying. So‘ng dokadan o‘tkazib, salqin joyga qo‘ying. Eritmani 1 oy davomida 4 osh qoshiqdan kuniga bir mahal nonushtadan yarim soat oldin iching. Bu damlama bosh miya qon tomirlarini tozalashda samarali yordam beradi.
NA’MATAK DAMLAMASI ENG YaXShI TOZALOVChI
1 stakan na’matak mevalarini tozalab, 2-3 bo‘lak novvot bilan termosga soling va ustidan 1 litr qaynoq suv quyib, 2-3 soatga bostirib qo‘ying. Damlama tayyor bo‘lgach, undan kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin 1 stakandan iching.
Eslatma: Har qanday tavsiyani qo‘llashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Zulfizar ISOQOVA tayyorladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSHda 10 mlrd dollarlik bitkoin o‘g‘irlagan xaker qamaldi