14:40 / 06.01.2018
9 486

Go‘zallik talab qilgan qurbonlik...

Go‘zallik talab qilgan qurbonlik...
Go‘zallik qurbonlik talab qiladi, deyiladi. Buni Uelsning Reksem shaharchasida yashovchi Salli Roberts o‘z tanasida sinab ko‘rdi. U o‘zining lablarini shishirish uchun jarrohlik amaliyotini bajartirganidan keyin, uning labi shunchalik shishib ketdiki, u hatto ovqat ham yeb-icholmay qoldi, deb xabar beradi Qalampir nashri.

Jarrohlik amaliyotining keyingi kuni, Robertsning tashqi ko‘rinishini yanada chiroyli qilishi kerak bo‘lgan lablari shishib, yorilib ketgan. Zamonaviy moda talabgori labining yorilgan joylaridan, shifokor tomonidan kiritilgan suyuqlik sizib chiqa boshlagan.


Robertsda labiga kiritilgan ximiyaviy suyuqlikka nisbatan kuchli allergiya boshlangan. Uelslik ayol to‘g‘ri ma’noda tilini yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘lgan. Shifokorlar zudli bilan og‘riqni qoldiruvchi, shamollashning oldini oluvchi va organizmda jarayonlarni sekinlashtiruvchi dorilarni yozib berishga majbur bo‘lgan. Aks holda Robertsda anafilaktik (shok) karaxtlik boshlanishi mumkin edi.

Roberts omadli ekan, shifokorlar o‘z vaqtida yordam qo‘lini cho‘zishdi va jarrohlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jiddiy ko‘ngilsizlikning oldi olindi. Endi, Roberts barchaga plastik jarrohligini o‘tkazishdan oldin kerakli laboratoriya tahlillarni o‘tkazishni tavsiya qilyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Go‘zallik talab qilgan qurbonlik...