09:30 / 13.01.2018
7 129

Kunduzi uxlashga moyillik nosog‘lomlikdan darak beradi

Кундузи ухлашга мойиллик носоғломликдан дарак беради
Kunduzi biroz uxlab olishga ehtiyoj nosog‘lomlikdan darak beradi, deb hisoblamoqdalar shvetsiyalik tibbiyotchilar.

“Odamga kechasi 7-8 soat uxlashiga qaramasdan, doimo uyqu bilan dam olish zarur bo‘lsa, bu tizimda qandaydir nosozlik borligidan darak beradi. Bu, misol uchun, organizmdagi qandaydir yallig‘lanish, depressiya, ortiqcha vazn yoki yana nimanidir yetishmasligi bilan tushuntiriladi”, deb aytdi stressni tadqiq qiluvchi institutda ishlovchi professor Turbyorn Okerstedt.

Qoidaga ko‘ra, normal tungi uyqu 7 soat davom etishi kerak. Okersterdt tomondan o‘tkazilgan tadqiqot uyqu yetishmasligi (6,5 soat va undan kamroq) va uning me’yoridan ko‘p bo‘lishi (9,5 soat va undan ko‘proq) u yoki bu tarzda yuqoriroq o‘lim darajasi bilan bog‘langan.

“Kam uxlaydiganlarga zarur tarzda tiklanish uchun vaqt yetmaydi. Bu immun tizimiga, qon yog‘lari, qondagi shakarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga odam ish kunlari kamroq uxlab, dam olish kunlari buning hissasini chiqarganda bunday salbiy ta’sirlarni kuzatmaganmiz”, deb aytmoqda professor.

Bedor o‘tgan tundan keyin kunduzgi qisqa uyqu katta ijobiy samara ko‘rsatishi mumkin. Elektroensefalografiya qo‘llash bilan o‘tkazilgan kuzatuvlar davomida kunduzgi uyquning 10-daqiqasidan keyin ijobiy samara qayd qilingan.

Ma’lumki, qishda qor qanchalik kam bo‘lsa, qorong‘u odamlarga shuncha katta ta’sir ko‘rsatadi. Okerstedtning ta’kidlashicha, miyaga tetiklik darajasini oshiruvchi yorug‘lik zarur. Shvetsiya kabi davlatlar joylashgan, kun qisqa bo‘lgan kengliklarda odamda uning biologik soatlari risoladagidek ishlashi uchun yorug‘ vaqtni ko‘paytirishga intilish paydo bo‘ladi. Professor buni amalga oshirishning usullaridan biri sifatida quyosh ko‘proq bo‘lgan issiq o‘lkalarga yoki aksincha, qor bor bo‘lgan shimolga safar qilishni tavsiya qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kunduzi uxlashga moyillik nosog‘lomlikdan darak beradi