08:34 / 22.01.2018
5 918

Olimlar giyohvandlarni yangicha usul yordamida davolashmoqchi…

Olimlar giyohvandlarni yangicha usul yordamida davolashmoqchi…
«Maunt-Sinay» gospitali vrachlari odamni giyohvandlikdan chetlashtira olishning yangi usulini topishdi. Bu usul «G-CSF» oqsiliga asoslangan. Oqsil odam miyasining rag‘batlanlanish, qoniqish hosil qilish uchun javobgar qismida ko‘pchilikni tashkil etarkan. Mutaxassislar xuddi o‘sha oqsilning faoliyati, ta’siriga nuqta qo‘ya oluvchi boshqa bir oqsilni in’eksiya yordamida sichqonlar miyasiga yo‘llashdi.

Bungacha sichqonlarga kuchli ta’sir kuchiga ega giyohvand moddalar berib borilgan. Jonivorlar deyarli giyohvandga aylanib bo‘lishgandi. Qarangki, oqsil miyaga yuborilgach, haqiqatan «G-CSF» oqsilining ta’sir kuchi kesildi. U faoliyatini to‘liq to‘xtatdi. Shuning natijasida miya giyohvand modda talab qilishdan tiyildi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo olimlari ko‘plab tadqiqotlarda aynan sichqonlardan foydalnishadi. Chunki kemiruvchilar organizmi odam organizmi bilan deyarli bir xillikka ega. Vrachlar kelgusida xuddi o‘sha usul asosida yangi dori vositasi yaratishni niyat qilishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar giyohvandlarni yangicha usul yordamida davolashmoqchi…