Hech narsa qilmaslik miyaga foyda keltiradimi? Olimlar javob berdi

1 daqiqa o'qish172
Hech narsa qilmaslik miyaga foyda keltiradimi? Olimlar javob berdi

Hech narsa qilmay dam olish vaqtni behuda sarflashdek tuyulishi mumkin. Ammo olimlar bu paytda ham miya faol ishlashda davom etishini ta’kidlamoqda.

fMRI (funksional magnit-rezonans tomografiyasi) orqali o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, inson hech qanday aniq vazifani bajarmayotganida ham miya faolligini to‘xtatmaydi. Aksincha, u oldin olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi, xotiralarni tartibga soladi va turli tajribalar o‘rtasida yangi bog‘lanishlar hosil qiladi. Bu jarayon neyrobiologiyada Default Mode Network (DMN) — ya’ni "standart faollik tarmog‘i" deb ataladi.

Mutaxassislarning aytishicha, insonning eng yaxshi g‘oyalari ko‘pincha dush qabul qilayotganda, sayr paytida yoki shunchaki bir nuqtaga qarab o‘tirganida paydo bo‘ladi. Bu aynan DMN faolligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Olimlar ta’kidlashicha, qisqa muddatli dam olish va diqqatni vaqtincha bo‘shatish yangi o‘rganilgan ma’lumotlarni xotirada mustahkamroq saqlashga, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga hamda muammolarga yangicha yechim topishga yordam beradi.

Biroq bu umuman harakatsizlik yoki uzoq vaqt bekorchilik qilish foydali degani emas. Mutaxassislar miya sog‘lom ishlashi uchun mehnat va dam olish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, sifatli uyqu va muntazam jismoniy faollik ham muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?